notariat sohasidagi vakolatlari
22 -modda. Notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya
etilishi ustidan nazorat va monitoring qilish
Notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan
nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi.
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan
monitoringni amalga oshiradi.
22 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘radi;
notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va
tugatadi;
muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini
belgilaydi;
Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |