Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga
Guvohnomalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli
Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga birgalikda yoki
ularning xohishiga bog‘liq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarning mulkiy
manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma
berilganligi haqida merosxo‘rlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar
qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan taqdirda merosga bo‘lgan huquq
to‘g‘risidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: