52-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxo‘rlarning, vasiyat majburiyati
yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa,
jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan meros mol-mulkning
qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi.
53-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish
to‘g‘risida topshiriq berish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan
tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan
yerdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida
topshiriq yuboradi.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius meros
ochilgan joydagi notarial idoraga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-
mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi.
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |