8-bob. MEROS MOL-MULKNING QO‘RIQLANIShIGA DOIR ChORA-TADBIRLAR KO‘RISh,
MEROSGA BO‘LGAN HUQUQ TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMALAR BERISh
49-modda. Merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi
o‘ziga ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni xabardor qilishi shart.
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora ma’lum qilish yoki xabar
berish yo‘li bilan ham merosxo‘rlarni chaqirishi mumkin.
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul
qilish
Meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq merosni qabul qilish yoki
undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz
kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak.
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qilish
Meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq meros qoldiruvchining
kreditorlaridan da’volarni qabul qiladi. Da’volar yozma ravishda bayon etilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |