48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining
soni notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslar tomonidan
belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq
vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qo‘yish, turar joyni va boshqa ko‘chmas mol-mulkni
boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim
etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yig‘majildlarida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |