Oldingi tahrirga qarang.
4 -bob. Notarial palata
22 -modda. Notarial palataning maqomi
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga
asoslangan notijorat tashkilotdir.
Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning a’zosi bo‘lishi
mumkin.
Notarial palata notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish
tizimini tashkil etadi.
Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega
bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Notariuslar
Notarial
palataning
majburiyatlari
bo‘yicha
javob
bermaydi,
notariuslarning majburiyatlari bo‘yicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius
tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi
Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno.
Notarial palataning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot
bilan shug‘ullanuvchi notariuslar uchun majburiydir.
Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan
miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: