Notarial palataning konferensiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, zaruratga ko‘ra,
biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar orasidan
saylanadigan ijro etuvchi organ bo‘lib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi bo‘lib, palata ustaviga
muvofiq shakllantiriladi.
Notarial palata raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga
binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata
boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki
muddatdan ortiq Notarial palata raisi bo‘lishi mumkin emas.
Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Notarial
palataning ustavida belgilangan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: