Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
Download 288.85 Kb. Pdf ko'rish
|
343-I-сон 26.12.1996
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar bundan mustasno; (28-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ- 497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044- son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; 4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; 7) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi; 8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi; 9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko‘chirmalar to‘g‘riligini shahodatlaydi; 10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi; 11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; 12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi; 13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi; 14) ijro xatlarini yozadi; 15) dengiz protestlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Download 288.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling