Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 288.85 Kb. Pdf ko'rish
|
343-I-сон 26.12.1996
22 -modda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida: notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan notariuslarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi; notarial amaliyotni umumlashtiradi; malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi; Notarial palata bilan birgalikda notarius stajorining faoliyatini tashkil etadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi; notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi; notariuslarning reyestrini yuritadi; notarial idoralarni qat’iy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta’minlaydi; o‘z faoliyatini tugatgan notarius muhrini yo‘q qilish va hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini ko‘radi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Download 288.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling