Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

hujjatlarni imzolash tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Notarial  tasdiqlanadigan  bitimlar,  shuningdek  arizalar  va  boshqa  hujjatlar  notarius

ishtirokida  imzolanadi.  Bitimlar,  arizalar  va  boshqa  hujjatlar  taraflar  tomonidan  barmoq

izlarini olish yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin.



(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-

yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali

amalga oshirilishi mumkin.



(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan

ikkinchi  qism  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  15.01.2020-y.,

03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra

bitim,  ariza  yoki  boshqa  hujjatni  o‘z  qo‘li  bilan  imzolay  olmasa,  bitim,  ariza  yoki  boshqa

hujjatni  uning  topshirig‘iga  ko‘ra  uning  o‘zi  va  notarius  hozirligida  boshqa  fuqaro  imzolashi

mumkin,  bunda  notarial  harakatni  amalga  oshirishni  so‘rab  murojaat  qilgan  fuqaroning

hujjatni  o‘z  qo‘li  bilan  imzolay  olmaganligi  sabablari  yozib  qo‘yilishi  lozim.  Bunday  hollarda

notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.

(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-

yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Basharti  notarial  idoraning  yig‘majildlarida  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar

mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida ma’lumotlar, imzolarining shaxsan

murojaat  qilingan  vaqtda  olingan  namunasi  bo‘lsa  va  ularning  imzolari  haqiqiyligiga  shubha

tug‘ilmaydigan  bo‘lsa,  notarius  bu  mansabdor  shaxslarning  o‘zlari  kelishini  talab  qilmasligi

mumkin.


 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan

tasdiqlangan  “Notariuslar  tomonidan  notarial  harakatlarni  amalga  oshirish  tartibi  to‘g‘risidagi

yo‘riqnoma”ning 8-bandi.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling