35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan
hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib o‘chirilgan yoki
qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari
bo‘lgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi. Agar hujjatdagi
mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning
maqsadi uchun ahamiyatsiz bo‘lsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish
uchun qabul qilishga haqli.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-
yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi kerak,
hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan,
yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini ko‘rsatgan holda
qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilib,
yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Bir varaqdan ortiq bo‘lgan hujjat ip o‘tkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr
bosib tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |