45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq
tuzilgan va ularning o‘zlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi.
Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-
mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi.
46-modda. Vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza olingan taqdirda, shuningdek
vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan taqdirda
vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish
reyestriga bu xususda belgi qo‘yadi. Vasiyatnomani bekor qilish haqidagi arizaga qo‘yilgan
imzo notarial shahodatlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |