38-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial
harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida
ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari
talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga
oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan
kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan
shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan
shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
39-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni
Do'stlaringiz bilan baham: |