Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko‘chirma
nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi.
Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalaga
oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin.
Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning
to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan
faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga
layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini
tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan
iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan ko‘chirma to‘g‘riligi
shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qo‘yiladi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: