berish shartlari
Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish
chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini,
vasiyatnomaning bor-yo‘qligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va
joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini
ham aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
61 -modda. Mediator vazifasini bajarish
Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros masalalari
bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida nizoda
mediator sifatida ish yuritadi.
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan
nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o‘zaro maqbul qarorga
erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
(61 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
LexUZ sharhi
Meros bilan bog‘liq munosabatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V
bo‘limi bilan ham tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |