60-modda. Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma
berishning shartlari
Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida
tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros
ochilgan joy va vaqtni, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishni so‘rab ariza
topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun bo‘yicha vorislikka chaqirish uchun
asos bo‘ladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi
va joyini tekshirib ko‘radi.
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos
bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega
bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha
merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga
kiritilishi mumkin.
61-modda. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma
Do'stlaringiz bilan baham: |