55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa
shaxslar, agar merosxo‘r bo‘lmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxo‘rlardan
haq olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish
uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga
amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
56-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish
Meros mol-mulkni qo‘riqlash merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olingunga
qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan bo‘lsa, qonunda belgilab qo‘yilgan
merosni qabul qilib olish muddati o‘tgunga qadar davom etadi.
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-
tadbirlar to‘xtatilishi haqida merosxo‘rlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga
o‘tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |