Notijorat marketing doirasi


Download 38.68 Kb.
bet2/7
Sana25.03.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1295856
1   2   3   4   5   6   7
NOTIJORAT MARKETINGI
Zamonaviy jamiyatda inson faoliyati juda xilma-xil va ko’p qirrali. Ko’pgina faoliyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri ayirboshlashdir. Ayirboshlash xususiyatiga ko’ra, inson faoliyati ikki yirik sohaga bo’linadi: tijorat va notijorat.
Birinchi holda, ishlab chiqarilgan mahsulot boshqa tovarlar, xizmatlar yoki pulga almashtiriladi. Bunday faoliyat ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) tomonidan foyda olish maqsadida amalga oshiriladi, buni iqtisodiy samara deb atash mumkin.
Ikkinchi holda, ma’lum bir mahsulot (masalan, g’oya, konsepsiya yoki dastur) iste’molchining ijobiy javobiga, uning vaqti, jismoniy kuchi va mahsulotni iste’mol qilish uchun zarur bo’lgan intellektual harakatlariga almashtiriladi. Bunday faoliyatning maqsadi butun jamiyat uchun yoki aholining ayrim guruhlari uchun yaratilgan imtiyozlar, imkoniyatlarni taqdim etishdir. Bu imtiyoz va imkoniyatlar (foyda) ijtimoiy samara deb ataladi.


1-chizma. Tijorat va notijorat marketing faoliyatining birlashgan ko’rinishi


Ijtimoiy samara – sub’yektning foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan va butun jamiyat yoki aholining muayyan guruhlari manfaatiga qaratilgan faoliyati natijasidir.
Ko’pgina marketologlar marketing tamoyillaridan inson faoliyatining notijorat sohalarida foydalanish imkoniyatini inkor etadilar. Shu bilan birga, F.Kotler va S.Levi kabi marketing bo’yicha mutaxassislar 1969 yildayoq marketing tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotishdan tashqarida bo’lgan ijtimoiy faoliyat ekanligini ta’kidlagan edilar. Siyosiy kurashlar, jamoatchilikni deputatlikka nomzodlarni taqdim etishi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bilan bir xil marketing talab qilishiga ishontirmoqda.
1-jadval
Tijorat va notijorat marketingining o’ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqi


Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling