Notijorat marketing doirasi


-chizma. Notijorat sub’yektlarning tasnifi


Download 38.68 Kb.
bet5/7
Sana25.03.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1295856
1   2   3   4   5   6   7
2-chizma. Notijorat sub’yektlarning tasnifi
Mulkchilik shakllariga ko’ra notijorat tuzilmalar davlat notijorat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga bo’linadi. Alohida guruhni notijorat faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar (mustaqil siyosatchilar, olimlar, missionerlar, sanʼatkorlar, madaniyatchilar, sportchilar va boshqalar) tashkil etadi.
O’zlarining marketing faoliyatida notijorat tashkilotlar an’anaviy funksiyalarning butun majmuasini bajaradilar, xususan:
- bozorni har tomonlama o’rganish;
- ilmiy tadqiqot va ishlanmalar;
- tovar, shuningdek, assortiment siyosatini olib borish;
- narx siyosatini yuritish;
- tarqatish tizimini tashkil etish;
- marketing kommunikatsiyalarini tashkil etish (shu jumladan reklama, rag’batlantirish, targ’ibot ishlari, PR va boshqalar);
- marketing boshqaruvi, nazorati, auditi va boshqalar.




3-chizma. Notijorat sub’yekti faoliyatida notijorat marketingning o’rni va roli.
Ushbu funksiyalarning ba’zilari (masalan, tegishli ekspertiza, tadqiqot va ishlanmalar, reklama) an’anaviy marketing vositalari va jarayonlari yordamida amalga oshiriladi.
Notijorat sub’yektlar faoliyatining asosiy maqsadi ijtimoiy samarani maksimal darajada oshirishdir. Notijorat tashkilotlari marketingi - bu notijorat tashkilotlar va jismoniy shaxslarning o’z mahsulotlarining ijtimoiy ta’sirini maksimal darajada oshirishga qaratilgan notijorat va tijorat marketing faoliyatidir.



4-chizma. Notijorat sub’yektlarning marketing faoliyati
Umuman olganda, notijorat marketing notijorat sub’ektlari marketing faoliyatining notijorat tarkibiy qismidir. Ushbu faoliyat ijtimoiy samarani yaratish va maksimal darajada oshirish bilan bog’liq maqsadlarga erishishga qaratilgan.
Notijorat mahsulot - bu notijorat sub’ektining foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan va notijorat ayirboshlash uchun mo’ljallangan faoliyati natijasidir.
Notijorat mahsulotlariga misollar:
- siyosiy partiyalarning dasturlari;
- notijorat xizmatlar (ta’lim, tibbiy, madaniy);
- tijorat maqsadlarida sotish uchun mo’ljallanmagan tovarlar (gumanitar yordam, dori-darmonlar, bemorlarni parvarish qilish buyumlari) va boshqalar.
Notijorat mahsulot o’ziga xos xususiyatlarga, assortimentga, ma’lum sifat va raqobatbardoshlikka ega. Notijorat mahsulot sifati deganda, uning xususiyatlari (foydali xususiyatlari) iste’molchilarning ehtiyojlari va afzalliklariga qanchalik mos kelishi tushuniladi. Notijorat mahsulotning raqobatbardoshligi uning sifati va narxini raqobatchilar mahsulotlarining o’xshash xususiyatlari bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Bunday taqqoslash iste’molchining o’zi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling