Noto‘liq oilalardagi o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonining tashqi va ichki determinatlari
Botirova Maxliyo Botir qizi “Noto‘liq oilalardagi o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonining tashqi va ichki determinatlari”
Download 18.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqTaqriz Botirova Maxliyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, A.M.Nazarov Psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)
- Sotsiologiya fanlari doktori, professor B.SH. Karimov
Botirova Maxliyo Botir qizi “Noto‘liq oilalardagi o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonining tashqi va ichki determinatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishida o‘smirlik davridagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar va ularni bartaraf etish yo‘llarining psixologik nazariyalarini va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq empirik ma`lumotlar to`plash va uning natijalarini tegishli ijtimoiy-psixologik mezonlar asosida tadqiq qilishdan iborat.
Tadqiqotning asosiy mazmuni aks etgan qismi kirish, uch bob, xulosa, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarda tashkil topgan. Shuningdek, dissertatsiyaning birinchi bobi “Oila ijtimoiylashuv instituti sifatida” deb nomlangan qismi nazariy o`rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda tadqiqotning metodologiyasiga taaluqli nazariy tahlillar amalga oshirilgan. Nazariy tahlilda o‘smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichiga doir mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilingan. Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, A.M.Nazarov Psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) Buxoro davlat universiteti Psixologiya mutaxassisligi 2 kurs magistranti Botirova Maxliyo Botir qizining “Noto‘liq oilalardagi o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonining tashqi va ichki determinatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishiga TAQRIZ Turli yosh davrlarida sodir bo‘ladigan bunday o‘zgarishlar shaxs turmushi va uning hayoti uchun juda muhim bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Ishimiz davomida noto‘liq oilalarda o‘smirlarning ijtimoiylashuvi psixodiagnostikasi, yosh inqirozlari va ular keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni, sodir bo‘ladigan biologik va psixologik o‘zgarishlarni izchil tarzda yoritib berishga harakat qildik. O‘smirlik davri boshqa yosh davrlariga nisbatan juda murakkab davr ekanligini inoabatga olgan holda tadqiqotimizda shaxs sifatida shakllanish tamoyillari, uning o‘ziga xos jihatlarining ilmiy metodologik va amaliy jihatlari tahlil qilib berilgan. Tadqiqotning predmetini Noto‘liq oilalardagi o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayoni tashkil etilgan. To‘liq bo‘lmagan oila farzandlari va ularning ota-onalariga o‘z vaqtida zarur psixologik yordam ko‘rsatishga yordam beradigan to‘liq bo‘lmagan oilaning hayot tsiklining modeli aniqlandi. Olingan xulosalarimiz va tavsiyalarimiz, shu jumladan o‘rta maktab negizida to‘liq bo‘lmagan oilalar farzandlari bilan ishlash shakli sifatida ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikni sinovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi. ota-ona oilalarining ijtimoiylashuv roli oshirildi. Olingan ma`lumotlarning statistik tahlillariga asosan psixologik xizmat doirasida O‘smirlarning yo‘nalganlik xususiyatlari, o‘smirlik davridagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo‘llarining psixologik nazariyalariga tegishli ilmiy xulosalar chiqarilgan va amaliy tavsiyalar berilgan. Umuman yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki Botirova Maxliyo Botir qizining “Noto‘liq oilalardagi o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonining tashqi va ichki determinatlari” mavzusidagi magistrlik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi ilmiy va mantiqiy jihatdan tugallangan.
Download 18.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling