Novaya raduga
Download 103.83 Kb. Pdf ko'rish
|
ШАРТНОМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Shartnomaning mavzusi
- II. Ijara haqi
- III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari
Qishloq xo‘jaliklariga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha 333284/123-22 - SON SHARTNOMA 21.07.2022 y. Farg`ona viloyati Quvasoy shahri hokimligi (keyingi o‘rinlarda – “Ijaraga beruvchi”) bir tomondan va "NOVAYA RADUGA" xususiy korxonasi, (keyingi o‘rinlarda –“Ijaraga oluvchi”) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar”, alohida esa “Tomon” deb ataluvchilar 18.07.2022- yildagi №2285788-son ochiq elektron tanlov yakuni bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzishdi: I. Shartnomaning mavzusi 1. Ijaraga beruvchi №2285788 (YK1730-472899 - e-ijara dagi lot raqami) lot bo‘yicha aniqlangan ochiq elektron tanlov g‘olibiga yer uchastkasini ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa yer uchastkasini qabul qilib oladi va shartnoma hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara haqini to‘laydi. 2. Ijaraga beruvchi 21.07.2022-yildan 30 yil muddatga Farg`ona viloyatining Quvasoy shahridagi Bo`ston mahallasi manzilida joylashgan 35.4955 gektar yer uchastkasini ijaraga topshiradi. 3. Yer uchastkasining ixtisoslashuvi, maydoni, toifasi, holati, suv bilan ta’minlanganlik darajasi, irrigatsiya obyektlarining holati, o‘rtacha ball boniteti, sho‘rlanish darajasi, servitutlar ko‘rsatilgan yer tuzish hujjatlari ilova qilinadi (1-ilova). II. Ijara haqi 1. Yer uchun ijara haqi yer solig‘i tarzida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlar bo‘yicha va muddatlarda to‘lanadi. 2. Yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi. III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari 3. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan maqsadda oqilona va samarali foydalanilishi lozim. 4. Yerlarni o‘zlashtirish yoki foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritishda yer uchastkalari Ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 5. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi 18.07.2022-yildagi YU 075 - 464983-son bayonnomada keltirilgan (2-ilova). Download 103.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling