Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1047169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш

NOYABR
NOYABR
Oy mavzusi: 
TRANSPORT. YHQ. 
HAYOT XAVFSIZLIGI ASOSLARI
3-hafta: 
FAVQULODDA XIZMATLAR


QURILISH, KONSTRUKTORLASH 
VA MATEMATIKA MARKAZI
3.1
O‘T O‘CHIRISH MASHINASINI YIG‘AMIZ
Maqsad: 
kubiklar va turli konstruktorlardan o‘t o‘chirish mashinasini rejalashtirish va tashkil 
qilish.
Vazifa: 
1. 
hajmli figuralar va ulardan konstruktorlashda foydalanish haqidagi bilimlarni 
kengaytirish;
2. 
hisob haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 
Uskunalar va materiallar: 
kubiklar, qutilar, lego, o‘t o‘chirish mashinasi tasviri tushirilgan rasmlar. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
«Yong‘in» mavzusidagi namoyish materiallarini tomosha qilish;
2. 
Kerakli materialni rejalashtirish va tanlash;
3. 
Qutilar, Lego va boshqa qurilish materiallaridan o‘t o‘chirish mashinasi qurish;
4. 
Mashinalar namoyishi.
Qo‘shimcha ravishda: 
bolalarga mashinani kerakli atributlar bilan to‘ldirishni taklif qilish va xohish bo‘lgan 
taqdirda qizil rangga bo‘yash.
E’tibor qaratish: 
1. 
bolalarning jamoada ishlash qobiliyati;
2. 
yasash ishlarini tugatgandan so‘ng burchakni tartibga keltirish;
3. 
hayot xavfsizligi asoslari.


LAVHA-ROLLI O‘YINLAR 
VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI
3.2
BIZ QUTQARUVCHILARMIZ
Maqsad: 
mavzu bo‘yicha lavha- rolli o‘yinlarda ishtirok etish. 
Vazifa: 
1. 
inson hayotidagi xavfli vaziyatlar haqidagi bilimlarni kengaytirish;
2. 
qutqaruv xizmati ishi haqida bilimlarni shakllantirish;
3. 
hayot xavfsizligi asoslari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 
Uskunalar va materiallar: 
niqoblar, rul, mashinalar, kostyumlar, bosh kiyimlari, mavzuga oid har xil vaziyatlarni 
tasvirlovchi namoyish materiallari. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Mavzu bo‘yicha lavha rasmlarini tomosha qilish;
2. 
Rollarni taqsimlash va turli vaziyatlarni ijro etish;
3. 
Favqulodda vaziyat xizmatlari telefon raqamlariga oid bilimlarni mustahkamlash;
4. 
O‘yinlar, muhokama qilish va bolalarni rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha ravishda: 
badiiy so‘z bilan hamrohlik qilish. 
E’tibor qaratish: 
1. 
so‘z boyligini boyitish;
2. 
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
3. 
hayot xavfsizligi asoslari.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling