Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш
KIRISH MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA RIVOJLANTIRISH MARKAZLARI BO‘YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH Bolalar o‘quv jarayoniga chindan ham ishtiyoq bildirganlaridagina, juda yaxshi rivojlanadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida rivojlanish muhitining to‘g‘ri tashkil etilishi, kichik va mak- tabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan Davlat talablari va «Ilk qadam» Davlat o‘quv dasturini hisobga olgan holda, bolalarni izlanishga, tashabbuskorlik va ijodkor- likni namoyon etishga undashi kerak. Guruh maydonidagi mavzuni rivojlantiruvchi muhit, rivojlanish markazlari (burchaklar, zona- lar) bilan ifodalanadi, masalan: lavha-rolli o‘yinlar markazi, konstruktorlash va matematika markazi, «San’at markazi», musiqiy, rolli va sahnalashtirish, nutqni rivojlantirish, ilm-fan mar- kazi va boshqalar. O‘yin materiallari yosh xususiyatlarini, shuningdek, o‘g‘il va qiz bolalarning qiziqishlarini inobatga oladi. Rivojlanish markazlarida ishlash maktabgacha ta’limning an’anaviy sinflarini takomillashtira- di yoki o‘zgartiradi, bolaga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosi bo‘lmish, markazni tanlash huquqi beriladi. O‘qituvchining vazifasi, bolalarning manfaatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, maqsadlarni aniqlash va markazlarda ishlashni tashkil etish bilan belgilanadi. Mavzuni rivojlantirish muhitini yaratishda quyidagilar ta’minlanadi: H Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun materiallari, guruh xonasining o‘quv salohiyati, jihoz va uskunalar. H Bolalarning motorli faolligi, bolalar va kattalarning muloqot qilish va birgalikda faoliyat yuritish imkoniyati, ularning yolg‘iz qolish imkoniyati. H Inklyuziv ta’limni, shuningdek milliy-madaniy, iqlim va boshqa sharoitlarni hisobga ol- gan holda, turli xil ta’lim dasturlarini qo‘llash. H Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik qulayligi va hissiy farovonligi. Har bir bola faoliyat turini qo‘llanmalarni, o‘yin sheriklarini tanlash imkoniyatiga ega, bu esa, har bir bolaning moyilligi, qiziqishi, faoliyat darajasini hisobga olgan holda, uning o‘ziga xos- ligini samarali rivojlantirishga imkon beradi. Markazda ishni tayyorlash H Tematik rejalashtirishga ko‘ra, turli yoshdagi guruhlarda oy va hafta mavzulari ajratib olinadi. H Tarbiyachi oy mavzusini hisobga olgan holda, guruhlarni o‘ylab topadi va tashkillashti- radi. H Guruh xonasining devorlari, zinapoyalar, foye — bularning barchasi bolalarga hafta, oy mavzusini eslatib turadi. H Ushbu mavzuga ko‘ra, har bir guruh xonasida markazlar (zonalar) tayyorlanadi. H Mavzuni hisobga olgan holda, har bir markazni tayyorlash uchun qisqacha reja tuziladi, u quyidagilarni aks ettiradi: 1. markazning maqsadlari 2. zarur jihozlar 3. bolalarning mo‘ljallangan faoliyati 4. nimaga e’tibor berilishi kerak. Har bir markaz haftaning boshida ishga tayyorlanadi. Ish davomida tarbiyachi markaz bola- larda qanchalik qiziqish uyg‘ota olganligini, unga kirish imkoniyati va xavfsizligini hamda unda qo‘llanlamalar yetarli yoki yetarli emasligini kuzatib boradi. Ehtiyoj bo‘lsa, tarbiyachi qo‘llanmallarni to‘ldiradi yoki ularga o‘zgartirish kiritadi. Shuningdek, tarbiyachi guruhning barcha bolalari ushbu markazdan o‘tgan-o‘tmaganligini, vazifalarni bajarish kimga oson bo‘lganligi yoki kimga qiyinchilik tug‘dirganligini kuzatib, tahlil qilib borishi kerak. Rivojlanishtirish markazlari uchun vazifa. Qurilish markazida — bolalar turli qismlardan qurish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu markazdagi uskunalar qurilish materiallari, legolar, turli g‘ishtlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu markazda bolalar matematik qobiliyatlarini rivojlantiradilar, muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, ijodkorlik va bajarilayotgan ishlarga diqqatni jamlash qobiliyatini namoyish etadilar. «Til va nutq» markazida — o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash. Ushbu mar- kazda taxtada bosilgan o‘yinlar, nutqni rivojlantirishga qaratilgan didaktik material va turli kartalar keng qo‘llaniladi. Lavha-rolli o‘yinlar markazi — bolalar tanish ertak va hikoyalar asosida turli syujetlarni sahnalashtiradilar yoki o‘zlarining syujetlarini o‘ylab topadilar. Markazda liboslar, niqoblar, haqiqiy hayot manzaralarini namoyish qilish uchun buyumlar mavjud. Ilm-fan markazi — bu bolalar turli xil obyektlarni yoki tabiat hodisalarini o‘rganish imkoni- yatiga ega bo‘lgan markaz. Ushbu markaz kolbalar, toshlar, mikroskop, lupalar, magnit va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin. «San’at markazi» — kichik ustaxonaga o‘xshaydi, u yerda bolalar namuna yoki o‘z g‘oyalari asosida ijod qiladilar. Ijodkorlik uchun turli xil materiallar bilan jihozlangan: bo‘yoqlar, qalam, guash (yog‘li bo‘yoq), rangli qog‘oz, yelim, lenta, qaychi va boshqalar. Har bir markaz o‘z nomiga va maqsadiga ega, turli xil faoliyat turlari va turli xil materiallarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, har bir markaz maktabgacha yoshdagi bolalar uchun intel- lektual, ruhiy, ijodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash imkoniyatini beradi. Markazdagi vazifa bola uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Shunday maqsadlar va vazifalar bel- gilanishi kerakki, ularni ushbu guruh bolalari hal qila olishlari lozim, bu har bir bola uchun muvaffaqiyatni kafolatlaydi. O‘qituvchi birinchi navbatda bolaga markazni tanlashda yordam beradi, uni beg‘araz yo‘naltiradi. So‘ngra bola erkin tanlovga o‘tadi. Bolalar tomonidan mar- kazlarni tanlanishi, bolalarda o‘z-o‘zini boshqarish va mas’uliyatni rivojlantirishga yordam beradi. Erkin tanlov markaz ichida ham saqlanib qolinadi. Markazlar doirasida bolalar tanla- gan materiallaridan foydalanishlari mumkin. Haftaning oxirida tarbiyachi bolalarning faoliyatini, bolalar nimalarni o‘rganganligini tahlil qiladi va shu bilan birga, markazlar qanchalik samarali va qiziqarli tayyorlanganligi, belgilan- gan maqsadlarga erishilgan yoki aksincha erishilmaganligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Shun- dan so‘ng keyingi haftaga tayyorgarlik ko‘riladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling