Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI 3.4
TIL VA NUTQ MARKAZI
3.3 «XAVFLI PREDMETLAR» RASMLAR ASOSIDA HIKOYA TUZISH Maqsad: rasmlar asosida hikoya tuzish. Vazifa: 1. kundalik hayotda xavf manbalari haqida bilimlarni kengaytirish (elektr jihozlari, gaz plitasi, gugurt, pichoq); 2. mavzu bo‘yicha so‘z boyligini oshirish; 3. ba’zi qurilmalar bolalarga nima uchun xavfli ekanligini tushuntirish. Uskunalar va materiallar: mavzu bo‘yicha namoyish materiallari, plakatlar, xavfli predmetlar va favqulodda vaziyat xizmatlari telefon raqamlari ko‘rsatilgan jadval. Faoliyat jarayoni: 1. Lavha rasmlari va plakatlarni tomosha qilish; 2. Mavzuga oid rasmlar bo‘yicha vaziyatlarni tavsiflash; 3. Didaktik o‘yin: qutqaruv xizmatining raqami ko‘rsatilgan kartani tematik rasmga moslashtirib tanlash; 4. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag‘batlantirish. Qo‘shimcha ravishda: badiiy so‘z bilan hamrohlik qilish. E’tibor qaratish: 1. qisqa jumlalardan hikoya tuzish qobiliyati; 2. tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyati; 3. tasavvurni rivojlantirish; 4. hayot xavfsizligi asoslari. ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI 3.4 SUV VA QUMNING XUSUSIYATLARI — O‘T O‘CHIRUVCHILAR YORDAMCHILARI Maqsad: suv va qumning xususiyatlarini bilish, tajriba va tahlillar o‘tkazish. Vazifa: 1. suv va qumning xususiyatlari haqidagi bilimlarni kengaytirish; 2. tajriba o‘tkazishni va xulosalar chiqarishni o‘rgatish; 3. o‘t o‘chiruvchilar ishida suvning ahamiyati haqida bilimlarni shakllantirish Uskunalar va materiallar: suv, qum, sham va gugurt, mavzu bo‘yicha namoyish materiallari. Faoliyat jarayoni: 1. Yong‘inda yordamchi sifatida suv va qumning xususiyatlari bilan tanishish. 2. Tarbiyachi bilan ishlash: olovni (yoqilgan shamni) suv va qum bilan o‘chirish. 3. Kuzatish, tahlil va xulosalar. Qo‘shimcha ravishda: rasmlarda «kislorodsiz olov» tajribasini, ya’ni kislorodning kirishini to‘sib, yong‘inni qanday o‘chirishni ko‘rib chiqish. E’tibor qaratish: 4. tajribalarni o‘tkazish va tahlil qilish qobiliyati; 5. hayot xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga amal qilish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling