Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAN’AT MARKAZI 3.8
TIL VA NUTQ MARKAZI
3.7 SERIYAGA EGA RASMLAR ASOSIDA YO‘L HARAKATI QOIDALARI. HIKOYA TUZISH Maqsad: yo‘l belgilarini nomlash va ularning ma’nosini tushuntirish. Vazifa: 1. yo‘l belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash; 2. yo‘l harakati qoidalari haqidagi bilimlarni kengaytirish; 3. bolaning nutqini takomillashtirish. Uskunalar va materiallar: rasmlarda aks ettirilgan yo‘l belgilari to‘plami, yo‘l belgilarining mulyajlari, kichik mashinalar. Faoliyat jarayoni: 1. Yo‘l belgilarining rasmlari va shakllarini tomosha qilish; 2. Har bir yo‘l belgisi ma’nosini tushuntirish; 3. “Yo‘l belgilari” so‘zli o‘yinini ijro etish; 4. Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha taqdimot. Qo‘shimcha ravishda: yo‘l harakati qoidalari mavzusida multfilm tomosha qilish. E’tibor qaratish: 1. bolalarning mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati; 2. tasavvur, ijodkorlik va mantiqni rivojlantirish; 3. hayot xavfsizligi asoslari. SAN’AT MARKAZI 3.8 «MASHINALAR — YORDAMCHILAR». APPLIKATSIYA Maqsad: applikatsiyalarni rejalashtirish va bajarish. Vazifa: 1. bolalarning “yordamchi” avtomobillar haqidagi bilimlarini faollashtirish; 2. ishga ijodiy yondashishni o‘rgatish. Uskunalar va materiallar: albom varaqlari, rangli qog‘oz, rangli karton, plastik idishlar qopqog‘i, yelim, qaychi, tez yordam mashinalari tasvirlangan kartochkalar. Faoliyat jarayoni: 1. Mavzuga oid rasmlarni ko‘rib chiqish va yordamchi mashinalarning nomini takrorlash; 2. Tayyorlanadigan mashinani rejalashtirish; 3. Applikatsiya uchun kerakli detallarni tayyorlash; 4. Applikatsiyani bajarish. Qo‘shimcha ravishda: mashina uchun fonni tashkil qilishni taklif qilishi mumkin. E’tibor qaratish: 1. tez yordam mashinalarini, ularning raqamlarini bilish va aytib bera olish, 2. hayot xavfsizligi asoslari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling