Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari


ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1047169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш

ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI
3.9
«NIMASI BILAN FOYDALI 
VA NIMASI BILAN XAVFLI?» — 
YONG‘IN XUSUSIYATLARI
Maqsad: 
«yonyapti — yonmayapti» tamoyili bo‘yicha predmetlarni tasniflash.
Vazifa: 
1. 
olovning foydasi va zarari haqida bilimlarni shakllantirish;
2. 
yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish;
3. 
mavzuga oid kartalarni tasniflash bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlash. 
Uskunalar va materiallar: 
mavzu bo‘yicha lahva namoyish materiallari, «olov foydali — olov xavfli», «Olovda 
nima yonmoqda?» didaktik o‘yini.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Olovning tashqi xususiyatlarini (ranggi, o‘lchami) rasmlar orqali ko‘rib chiqish va 
tavsiflash;
2. 
Mavzu kartalari tasnifi: yonyapti — yonmayapti;
3. 
Bajarilgan ishni tushuntirish;
4. 
Rasmni yig‘ish — olov tasviri tushirilgan jumboq. 
Qo‘shimcha ravishda: 
badiiy so‘z bilan hamrohlik qilish — «Mushuklar uyi» ertagini o‘qish va tomosha qilish.
E’tibor qaratish: 
1. 
muammoli vaziyatlarga e’tiborni qaratish;
2. 
mumkin bo‘lgan xavfni baholash.


QURILISH, KONSTRUKTORLASH 
VA MATEMATIKA MARKAZI
3.10
MILITSIYA MASHINASINI YIG‘AMIZ
Maqsad: 
qutilar va har xil yordamchi vositalardan mashinani rejalashtirish va qurish.
Vazifa: 
1. 
militsiya mashina haqidagi tushunchalarni va uning vazifasi haqidagi bilimlarni 
mustahkamlash;
2. 
hajmli figuralarni qurilishda ishlatish malakasini takomillashtirish. 
Uskunalar va materiallar: 
qutilar, chiqindi materiallar, yordamchi vositalar, militsiya mashinasi tasvirlangan 
suratlar. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Mavzuga oid namoyish materiallarini tomosha qilish;
2. 
Militsiya mashinasini qutilar va boshqa qurilish materiallari asosida rejalashtirish 
va qurish;
3. 
Mashinani har xil atributlar bilan bezatish.
Qo‘shimcha ravishda: 
mavzu bo‘yicha multfilm o‘qish yoki tomosha qilishni taklif qilish.
E’tibor qaratish: 
1. 
predmetlarning o‘lchamlari va hajmlarini to‘g‘ri o‘lchash va o‘zaro taqqoslash;
2. 
yasashni tugatgandan so‘ng ish burchagini tartibga keltirish.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling