Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- LAVHA-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 3.6
SAN’AT MARKAZI
3.5 «MENING QAHRAMONIM» — CHIZISH Maqsad: rasmda odam obrazini qanday yetkazishni bilish. Vazifa: 1. kasblar haqidagi bilimlarni kengaytirish: o‘t o‘chiruvchi, qutqaruvchi, militsiya xodimi, shifokor; 2. odamlarni chizish mahoratini oshirish. Uskunalar va materiallar: albom varaqlari, bo‘yoqlar, qalamlar, cho‘tkalar, stakan va qutqaruv ishlarini bajarayotgan turli kasb egalari tasvirlangan kartochkalar. Faoliyat jarayoni: 1. Mavzuga oid rasmlarni tomosha qilish; 2. Rejalashtirish va chizish; 3. Rasmda ma’lum bir kasbga tegishli ekanligini ko‘rsatadigan alohida qismlarni ajratib ko‘rsatish — xodim formasi, atributlar va boshqalar. Qo‘shimcha ravishda: mavzu bo‘yicha she’rlar yoki qo‘shiqlarni qayta aytishni, ko‘rgazma tashkil qilishni taklif qilish. E’tibor qaratish: 1. rasmda ma’lum inson obrazini yetkazib berish qobiliyati; 2. tartib bilan ishlash qobiliyati; 3. tasavvurni, izchil nutqni va mayda motorikani rivojlantirish. LAVHA-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 3.6 TEZ TIBBIY YORDAM SHIFOKORI Maqsad: shifokorning ish faoliyati haqida bilish va lavha- rolli o‘yinda qatnashish. Vazifa: 1. tez tibbiy yordam shifokori ishi haqidagi bilimlarni kengaytirish; 2. kerakli hollarda olingan bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatish (tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish). Uskunalar va materiallar: kostyumlar, bosh kiyimlar, niqoblar, rul va tez tibbiy yordam shifokoriga tegishli buyumlar. Faoliyat jarayoni: 1. Tez tibbiy yordam shifokori kasbi tasvirlangan kitobchani tomosha qilish; 2. Vaziyatni rejalashtirish va muhokama qilish; 3. Rollar, kostyumlar va atributlarni tanlash; 4. O‘yinni ijro etish. Qo‘shimcha ravishda: tarbiyachi qo‘shimcha ravishda o‘yin vaziyatini o‘zgartirishni taklif qilishi mumkin. Badiiy so‘z bilan hamrohlik qilish. E’tibor qaratish: 1. bolalarning ijodiy qobiliyatlari; 2. bolalarning jamoada ishlash qobiliyati; 3. tasavvurni rivojlantirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling