Noyabr oy mavzusi: transport. Yhq. Hayot xavfsizligi asoslari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1047169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ноябр 3-ҳафта ривожлантириш

TIL VA NUTQ MARKAZI
3.7
SERIYAGA EGA RASMLAR ASOSIDA YO‘L 
HARAKATI QOIDALARI. HIKOYA TUZISH
Maqsad: 
yo‘l belgilarini nomlash va ularning ma’nosini tushuntirish. 
Vazifa: 
1. 
yo‘l belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
2. 
yo‘l harakati qoidalari haqidagi bilimlarni kengaytirish;
3. 
bolaning nutqini takomillashtirish. 
Uskunalar va materiallar: 
rasmlarda aks ettirilgan yo‘l belgilari to‘plami, yo‘l belgilarining mulyajlari, kichik 
mashinalar. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Yo‘l belgilarining rasmlari va shakllarini tomosha qilish;
2. 
Har bir yo‘l belgisi ma’nosini tushuntirish;
3. 
“Yo‘l belgilari” so‘zli o‘yinini ijro etish;
4. 
Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha taqdimot.
Qo‘shimcha ravishda: 
yo‘l harakati qoidalari mavzusida multfilm tomosha qilish.
E’tibor qaratish: 
1. 
bolalarning mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati;
2. 
tasavvur, ijodkorlik va mantiqni rivojlantirish;
3. 
hayot xavfsizligi asoslari.


SAN’AT MARKAZI
3.8
«MASHINALAR — YORDAMCHILAR». 
APPLIKATSIYA
Maqsad: 
applikatsiyalarni rejalashtirish va bajarish. 
Vazifa: 
1. 
bolalarning “yordamchi” avtomobillar haqidagi bilimlarini faollashtirish;
2. 
ishga ijodiy yondashishni o‘rgatish. 
Uskunalar va materiallar: 
albom varaqlari, rangli qog‘oz, rangli karton, plastik idishlar qopqog‘i, yelim, qaychi, tez 
yordam mashinalari tasvirlangan kartochkalar. 
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Mavzuga oid rasmlarni ko‘rib chiqish va yordamchi mashinalarning nomini 
takrorlash;
2. 
Tayyorlanadigan mashinani rejalashtirish;
3. 
Applikatsiya uchun kerakli detallarni tayyorlash;
4. 
Applikatsiyani bajarish.
Qo‘shimcha ravishda: 
mashina uchun fonni tashkil qilishni taklif qilishi mumkin.
E’tibor qaratish: 
1. 
tez yordam mashinalarini, ularning raqamlarini bilish va aytib bera olish,
2. 
hayot xavfsizligi asoslari.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling