Ноябрь 2020 17-қисм


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana23.12.2022
Hajmi1.99 Mb.
#1045523
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
17.Fizika matematika 2 qism

Annotatsiya: mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi –yoshlarda axtrot iste’moli 
madaniyatini rivojlantirishning ayrim metodik masalalari yoritib berilgan. Muallif bugungi 
globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xususan, 
dunyoning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib, ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi 
xalqimiz ma’naviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini 
turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilishda mutolaa madaniyatining o‘rni va roli 
masalalariga to‘xtalgan.
Kalit so‘zlar: axborot, globallashuv, kitob mutolaasi, adabiyot, kitob, ommaviy madaniyat, 
axborot iste’moli madaniyati, o‘zbek adabiyoti.
Bugun biz tez suratlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshdan kechirgan 
davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat 
va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi jurnalistlar bu davrni 
turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqdalar. Kimdir yuksak texnalogiyalar zamonida esa, 
kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborot davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning 
barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. Chunki ularning har biri o‘zida 
bugungi serqirra va rang – barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. 
Ammo ko‘pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg‘otmoqda. 
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va 
sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning 
taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa 
va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan 
chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu ma’noda, 
globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir 
ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan 
mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda 
ko‘rish, his etish mumkin.
Jamiyat taraqqiyotining jadal sur’atlarda rivojlanishi globallashtirish va axborotlashtirish 
asrini shakllantirmoqda. Hayotning barcha sohalarini information texnologiyalar, axborot 
tizimlari, telekommunikasiyalar shitob bilan zabt etayotgan bir paytda , O‘zbekiston jahon 
hamjamiyatiga faol kirib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro aloqalar mustahkamlanib, 
davlat, iqtisod, madaniyat va xalqaro aloqalar mustahkamlanib, davlat, iqtisod, madaniyat va 
ma’naviyat, huquq, sanoat, moliya, bank , qishloq xo`jaligi , tibbiyot, ta’lim va boshqa bir qator 
sohalarda shartnomaviy va diplomatik amaliyotning kengayishi yoshlarda axborot madaniyatini 
shaklllantirishni talab etadi. Zero, axborotlashtirilgan jamiyatni yaratishda axborot madaniyati 
muhim ahamiyatga ega bo`lgan komponentlardan hisoblanadi.
Televideniya, radio, video, kompyuter o`yinlari, dasturlash va shu kabi zamonaviy texnika 
vositalarining kundalik turmushimizdan mustahkam o`rin egallashi , jahon axborot oqimi 
ma’lumotlarining qisqa muddatda , ko`p miqdorda, jonli ko`rinishda yuqori samarada 
hayotimizga kirib kelishini ta’minlamoqda. Zamonaviy texnika vositalari yordamida bunday 
axborotlar oqimini olishning yangi texnologiyalari, yoshlarning axborot madaniyatiga katta 
ta’sir o`tkazadi. Ayni damda yoshlar axborot ozuqasini olish maqsadida bo`sh vaqtlarining ko`p 
qismini Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning turli chekkalaridagi axborot resurslaridan 
foydalanib o`tkazmoqda. Bunday axborot resurslaridan foydalanish, tashqi va ichki sharoitlarning 
o`zaro ta’siri, tarbiyalash va o`z - o`zini tarbiyalash, yoshlarni siyosiy jihatdan kamol toptirish,
uning ijodiy faolligini rivojlantirishning qudratli vositasi sifatida muhim rol o`ynaydi. Ana 
shu murakkab jarayon tarbiyani, axloq prinsiplarini yoshlarning fazilatlariga, ularning xohish- 
irodasini, yo`nalishlarini belgilaydigan xislatlarga aylantirish mexanizmidan iborat bo`lib,


16

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling