Azotli asoslar. Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga –
purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi. Ularning orasida asosiy va siyrak (minor) purin va
pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli
asoslarga adenin va guanin; pirimidinliga esa –
sitozin, urastil va timin kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu
asoslarning hammasi va urastil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga
qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi.
Nuklein kislotalari (RNK va DNK) polimerlardir nukleotidlardan qurilgan. Ularning yordami bilan
qafasda saqlanadigan va uzatiladigan genetik ma'lumotlar; bundan tashqari, ba'zi RNK
molekulalari ham ishtirok etadilar Supero'tkazuvchilar tarkibidagi yoki katalitik molekulyar
komplekslar. ( Д. Нельсон, М. Кокс. Основы биохимии ленинджера 2006 г, 46-48 стр )
Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan moddaga nukleozid
deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda pentozaning C-1 atomi purinning N-3
yoki pirimidinning N-1 atomi bilan bog`langan. pentoza turiga qarab 2 xil nukleozidlar – tarkibida
2-dezoksiriboza bo`lgan dezoksiribonukleozidlar va tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar
farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar
faqat DNK ga; ribonukleozidlar esa faqat RNK ga kiradi.
pirimidin va purinli nukleozidlar o`ziga mos azotli asoslar tutadi.
Nukleotidlar. Nukleozidlarning fosfat kislota qoldig`i bilan birikishidan nukleotidlar hosil
bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibiga azot asosi, uglevod qoldig`i va fosfat kislota kiradi. Bu tartib (A-
U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan aniq tasdiqlanishi mumkin.
Birinchi gidrolizda
uglevod bilan fosfat kislota orasida bog` uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid
(nukleozid) hosil bo`ladi. Ikkinchi tur gidrolizda azot asosi erkin xolda ajralib, uglevod bilan fosfat
kislotadan iborat monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid
molekulasida uglevod
o`rtada joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: