Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar


 Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari


Download 170.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana05.05.2023
Hajmi170.92 Kb.
#1431825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. 1-Ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va

 
1. Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari. Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy 
xossalari yuqori molekulyar massasi va struktura tuzilishiga bog`liq. Nuklein kislotalar uchun 
kolloid va osmotik xossalar, yuqori darajadagi yopishqoqlik va eritmaning zichligi, optik
xususiyati hamda denaturatsiyaga moyilligi xos bo`ladi. 
Kolloidlik xossasi hamma yuqori molekulyar birikmalar uchun xos. Nuklein kislotalar 
eritilganda ular bo`kadi va kolloid ko`rinishidagi yopishqoq eritma hosil qiladi. Ularning 
gidrofilligi asosan fosfatlarga bog`liq. Nuklein kislotalarning eritmadagi molekulalari yaqqol 
kislotalik xususiyatiga ega ‘polianion ko`rinishida bo`ladi. Fiziologik sharoitdagi RNK da hamma 
nuklein kislotalar polianion holatida va oqsil hamda anorganik kationlardan iborat qarshi ionlar 
bilan o`ralgan. Qo`sh spiralli nuklein kislotalar bir zanjirliga nisbatan yomon eriydi. 
Molekuladagi vodorod bog`larini uzuvchi tashqi muhitning barcha ta’sirlari DNK ni 
denaturatsiyalaydi. Denaturatsiya harorat, kimyoviy moddalar ta’sirida bo`lishi mumkin.
Denaturatsiyalovchi agentlardan eng kuchlisi isitishdir. DNK isitilganda uning ikki zanjiri bir-


biridan ajraladi, ya’ni yechiladi. Bu hodisa pastroq harorat oralig`ida bo`lgani uchun yumshash 
deyiladi. DNK ning 50 % i denaturatsiyalangan haroratga yumshash deb ataladi. DNK ning 
yumshash harorati azot asoslarining nisbati (G + S va A + T) ga bog`liq. Molekuladagi G + S qo`sh 
asoslar qancha ko’p bo`lsa, yumshash harorati ham A + T nikidan shuncha baland bo`ladi, chunki 
G + S da uchta qo`shbog` bor. 
Tez qizitish usulida denaturatsiyalangan, ya’ni ikki zanjirga ajratilgan DNK sekin sovutilsa
ajralgan zanjirlar qaytadan birikib, qo`sh zanjirli DNK ni hosil qiladi. Bu hodisa renaturatsiya deb 
ataladi. 
Hamma nuklein kislotalar ultrabinafsha nurlar zonasida 260 nm da nuRNKi jadal yutish 
qobiliyatiga ega. DNK zanjiri buzilganda nur yutish qobiliyati ortadi. Gi’erxrom effekt deb 
ataladigan bu fenomen denaturatsiya jarayonida nur yutadigan asoslarni to`sib turgan 
strukturalarning chetlanishiga bog`liq.
Nuklein kislotalarning duragaylanishi. Turli zanjirlar o`zaro komplementarlik asosida 
birikishlari mumkin, birikish darajasi esa ularning gomologiyasiga bog`liq. Bir DNK 
molekulasining ikki zanjiri to`la birikadi, chunki ular 100 % bir-biriga gomologdir. DNK ning bir 
zanjiri bilan uning transkri’ti, ya’ni uning asosida transkri’tsiya qilingan RNK ham to`la birikadi. 
Bu jarayon gibridlanish (chatishish) deb aytiladi. Demak, ikki zanjir orasida gomologiya qancha 
yaqin bo`lsa, duragaylanish ham shuncha to`la bo`ladi. Buni duragaylash usuli yordamida aniqlash 
qabul qilingan. Bu usul bo`yicha nuklein kislotalarning ikki zanjiri o`rtasidagi gomologiyaning 
nisbati bu zanjirlardagi nukleotid asoslarining komplementarligini tekshirish asosida belgilanadi. 
Duragaylash usuli ilmiy tadqiqot uchun ham, tajriba uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu usuldan 
foydalanib molekulalarni, ulardan olingan turlarning genetik yaqinlik darajasini aniqlash mumkin.
Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo`lmaydi. Ularda spiral opoliga kelgan qismlar 
spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib boradi. Shundan ko`rinib turibdiki, spirallashmagan 
qismlarda polinukleotid zanjirlar bir-biriga komplementar bo`lmaydi. 
DNK-DNK duragaylarini olishda turlar o`rtasida filogenetik qon-qardoshlik nechog`lik uzoq 
bo`lsa, DNK-DNK duragaylarining mukammal bo`lmaslik darajasi shu qadar yuqori bo`ladi. Shu 
munosabat bilan DNK-DNK duragaylash usulini organizmlar sistematikasini aniqlash uchun 
qo`llash mumkin bo`ladi. 
DNK bilan RNK ni duragaylash (DNK-RNK duragaylash) ham xuddi DNK-DNK 
duragaylash kabi bo`lishi mumkin. Bu xolda duragay molekulasida bitta dezoksiribonukleotid 
zanjiri va bitta ribonukleotid zanjiri bo`ladi. 

Download 170.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling