3. Nuklein kislotalar va organizmlar sistematikasi. Nuklein kislotalar, avvalo DNK irsiy
axborotni tashiydi va organizmning turga xosligini belgilab beradi. Har xil organizmlarning DNK
sidagi nukleotidlar tarkibining xususiyatlarini o`rganish tashqi
belgilarga asoslangan
sistematikadan genetik sistematikaga o`tishga yo`l ochib beradi. Molekulyar biologiyadagi bunday
yo`nalish genosistematika deb nom oldi. Uning asoschisi buyuk bioximik A.N.Belozerskiydir.
Har xil organizm DNK sidagi nukleotidlar tarkibini qiyoslash qiziqarli xulosalarga olib keldi.
DNK o`ziga
xosligining koeffistienti, ya’ni G + S ning A + T ga
nisbati mikroorganizmlarda
o`zgaruvchan; yuksak o`simliklar va hayvonlarda doimiy ekan.
Mikroorganizmlarda eng kam
miqdordagi GS turdan aniq namoyon bo`lgan AT turgacha o`zgarish kuzatiladi.
Yuksak
organizmlar DNK si AT – tuRNKi qat’iy holatda saqlaydi. Bundan go`yoki yuksak organizmlarda
DNK ning o`ziga xosligi yo`qolganga o`xshaydi. Aslida esa ularda
xuddi bakteriyalardagidek
o`ziga xos nuklein kislota bo`ladi, lekin uning o`ziga xosligi
nukleotidlar tarkibining
o`zgaruvchanligi bilan emas, balki ularning zanjir bo`ylab ketma-ket kelishi tartibida bo`ladi. Ko’p
hujayrali hayvonlar va yuksak o`simliklarning DNK si AT-turda bo`lishi zamburug`lar DNK siga
yaqinroqdir, shu sababdan hayvonlar va zamburug`lar o`z-o`zidan umumiy ajdod –
juda oddiy
tuzilgan zamburug`simon organizmlar kelib chiqqan bo`lishi mumkin.