Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"
Mehnat va uni o‟qitish metodikasi
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Нукус ДПИ 2019 магистратура дастури
Mehnat va uni o‟qitish metodikasi
―Mehnat va uni o‘qitish metodikasi‖ kursi 5111700 - Boshlang‗ich ta‘lim va sport, tarbiyaviy ish ta‘lim yo‗nalishida o‗qitiladi. Ushbu fan dasturi mehnat ta‘limining tarixi va rivojlanishi, bo‗limlari, mehnat ta‘limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, ish turlari bo‗yicha darslarni tashkil etish va o‗qitish usullari kabi bilimlarni qamrab olgan. Fanni o‗qitishdan maqsadi – talabalarni boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi fanining mazmuni va vazifalari, o‗qitish usullari, ta‘limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta‘lim jarayoniga tadbiq etish bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarini shakllantirishdir. Fanning vazifalari- Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‗quvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarida kasblar haqida ma‘lumot berish izchilligini takomillashtirish, Davlat ta‘lim standartlari talabi bo‗yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fani ta‘lim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg‗or o‗qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beraladi. O‗quvchilarni amaliy mehnatga tayyorlash va ularni mehnat malaka va ko‗nikmalarini egallashlarini ta‘minlaydi. Mehnat ta‘limining tarbiyaviy ahamiyati o‗quvchilarda mehnatsevarlik, mas‘uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o‗quvchilarning aqliy o‗sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O‗quvchilar o‗rtasida yo‗lga qo‗yilgan o‗zaro yordam esa, ularda do‗stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. “Mehnat va uni o‟qitish metodikasi” kursi Mehnat ta‘limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari Mehnat o‗qitish metodikasi fanining vazifalari. Mehnat fanini o‗qitishda metodik yondashuv. O‗quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash. Mehnat darslarini tashkil qilish shakllari. Mehnatga munosabatni shakllantirish. Boshlang‗ich mehnat elementlari bilan tanishtirish. 170 Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fanining o‗qitish metodologiyasi. Mehnat fanini o‗qitish tamoyillari. Mehnat ta‘limi nazariyasining asosiy negizlari. Mehnat ta‘limi va tarbiyasining uzviyligi. Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limining mazmuni. Boshlang‗ich mehnat ta‘limi DTS tahlili. O‗quv fan dasturlarining mazmuni va ularning tahlili (1-4 sinflar kesimida). O‗quv dasturining mazmuni va unga qo‗yilgan talablar. Mehnat darslaridagi amaliy ish turlari va mazmuni. Mehnat ta‘limining shakl va metodlari. Boshlang‗ich sinflarda mehnat shakl va usullari.Metod tushunchalari, uning turlari.O‗quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‗liqlik.O‗quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishning shak va usullari, didaktik materiallardan foyudalanish metodlari. Mehnat darslarida qo‗l mehnatidan foydalanish talablari Boshlang‗ichsinflarda qo‗l mehnatiga o‗rgatishni tashkil qilish shakllari.Qo‗l mehnatiga o‗rgatishda ish turlarining mazmuni. Mehnat samaradorligini oshirishda qo‗llaniladigan talablar. Mavzuga mos o‗qitish metodlari. Boshlang‗ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang‗ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari va mazmuni. Barcha materiallarni o‗rganishdagi uzviylik va uzluksizlik. Mehnat ta‘limada nazariy bilimlarning o‘rni. Mehnat darslarida o‗quv jarayonini tashkil etish. O‗quv jarayonini tashkil etish talablari. O‘quvchilarda mehnat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish. Nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bog‗lashda ko‗rgazmali materiallarning ahamiyati. Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limidan amaliy ishlar. Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida amaliy ish turlari. Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari. O‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish mehnati. Mehnat ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish talablari. Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish. Mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarning uzviyligi. O‗quvchilarda iqtisodiy faoliyatni (tejamkorlik. tadbirkorlik) shakllantirish. Mehnat darslarida ish unumini oshirish usullari. Mehnat darslarida ish turlari. Ish unumini oshirish shakllari. Mehnat ish unumini oshirishni tashkil etish usul va vosirtalari. Mehnat malaka va ko‗nikmalarini oshirish. Mehnat ta‘limi darslariga integratsion yondashuv. Integratsiylashgan ta‘limning o‗ziga xos xususiyatlari. Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida integratsiyalashgan ta‘limdan foydalanishning metodik xusysiyatlari. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari. 171 Mehnat ta‘limida sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar, musobaqalar, to‗garak ishlari, mustaqil mashg‗ulot). Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari. Applikatsiya san‘ati. Applikatsiya turlari (Geometrik shaklli applikatsiya. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Badiiy applikatsiyalar. Ko‗p rangli applikatsiyalar) haqida tushuncha.Applikatsiya ishlarining mazmuni. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targ‗ib etilishi. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari. Kasb-hunarga yo‗naltirishga oid o‗yin va tadbir turlari. Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma‘lumot. Mehnat ta‘limi darslarida AKTdan foydalanishning o‗ziga xos xususiyatlari. Amaliy mashg‗ulotlar uchun taqdimot tayyorlash texnologiyalari. Mehnat darslarini tashkil etish metodikasi. Darsni rejalashtirish haqida tushuncha. Dars ishlanmasini tuzish texnologiyasi. Darsning maqsad va vazifalari, darsning jihozlari va dars jarayonini amalga oshirish texnologiyalari. Dars jarayonini taqsimlash bosqichlari. Texnika xavsizligi qoidalari. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Applikatsiya va mozaika san‘ati haqida tushuncha. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‗g‗ri tashkil etish talablari. Applikatsiya va mozaika ishlarining o‗quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. Texnika xavsizligi qoidalari. Qog‗oz va karton bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish metodikasi. Qog‗oz va karton haqida ma‘lumot. Qog‗ozning ishlab chiqarishdagi o‗rni. Qog‗oz va karton turlari va xususiyatlari. Qog‗oz va kartonga ishlov berish usullari. Qog‗oz va karton bilan ishlash texnologiyasi. Ish joyini tashkil qilish talablari. Texnika xavsizligi qoidalari. Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Turli va tabiiy materiallar haqida tushuncha. Turli va tabiiy materiallarni to‗plash va ishga tayyorlash. Turli tabbiy materiallardan (barglar, somon qalamchalari, yong‗oq po‗choqlari, patlar, o‗simlik urug‗lari va boshqa materiallar) applikatsiyalar va o‗yinchoqlar yasash texnologiyasi. Ish joyini to‗g‗ri tashkil etish talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma‘lumot. Plastilin va loyning tarkibi va xususiyatlari. Plastilin va loyga ishlov berish usullari. Plastilin va loy bilan ishlash darslarida ish o‗rnini tashkil etish talablari. Plastilin va loy bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi. Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya- gigienik talablar. 172 Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Gazlama va ip turlari. Gazlamaning xususiyatlari. Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. Gazlama bilan ishlash metodikasi. Gazlamaga ishlov berish (o‗lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi. Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‗g‗ri tashkil qilish talablari. Yumshoq o‗yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi O‗yinchoqlar haqida ma‘lumot. O‗yinchoq turlari. Yumshoq o‗yinchoqlarni tayyorlash texnologiyasi. Yumshoq o‗yinchoqlar uchun mato tanlash, andoza olish va tikish texnologiyasi. Yumshoq o‗yinchoqlarni tayyorlashda ish joyini to‗g‗ri tashkil etish. Texnika xavfsizligi qoidalari. Loyihalash va modellashtirish ishlari darslarini tashkil etish metodikasi. Loyihalash va modellashtirish ishlari haqida ma‘lumot.Loyihalash va modellashtirish ishlarining turlari.Modellashtirish elementlari bilan tanishtirish. Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari. Loyihalash va modellashtirish ishlarida ish joyini to‗g‗ri tashkil etish. Loyihalash va modellashtirish darslarida texnika xavfsizligi qoidalari. Qishloq xo‗jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish usullari. Qishloq xo‗jaligi mehnati haqida tushuncha. Qishloq xo‗jalik mehnati ish turlarining shakllari (o‗simliklarni parvarishlash, sug‗orish, oziqlantirish, ko‗chat o‗tkazish). Qishloq xo‗jaligi mehnati darslarida texnika xavfsizligi qoidalari. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling