Nukus davlat pedagogika instituti
AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
Savol va topshiriqlar: 1900-yillarda nashrdan chiqqan gazeta va jurnallar haqida ma’lumot bering? Kirill grafikasining gaeta va jurnallardagi ahamiyati? Jadidchilar davrida lotin grafikasiga o’tish borasidagi harakatlar ? Shu davrlarda nashr qilingan gazeta va jurnallarda grafika masalalari? ”Turkiston” gazeti, ”Mushtum” jurnali haqida gapiring? «SADOI TURKISTON» («Turkiston ovozi») – jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1914 yil 4 apreldan 1915 yil 10 aprelga qadar Toshkentda o‘zbek tilida nashr qilingan. Gazeta Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev (Xo‘jaev) tomonidan tashkil etilgan va uning muharrirligida faoliyat ko‘rsatgan. Gazeta haftada 1 marta 4 sahifada bosilgan. Gazeta tahririyatining o‘zagini 20-asr boshidagi o‘zbek ma’rifatparvar adabiyoti va publitsistikasining yetakchi namoyandalari Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Muzaffarovlar tashkil etgan. Gazeta qiyofasini belgilaydigan asosiy maqolalarni ham shular yozishgan. «Sadoi Turkiston» yurtparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi olijanob g‘oyalarni izchil targ‘ib qilgan, Turkiston istiqloli va istiqbolining ma’naviy-axloqiy negizlariga daxldor muammolarni dadil ko‘tarib chiqqan. «Sadoi Turkiston» o‘sha davrdagi milliy matbuot nashrlari safida oldingi o‘rinda turadi. Gazeta faoliyati moddiy qiyinchiliklar tufayli to‘xtagan (jami 66 soni chiqqan). Mushtum Abdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilgan hajv va kulgi jurnalidir. Jurnal 1923-yil 13-fevralidan beri chop etiladi. Toshkentda oyda 1 marta chiqadi. Mushtumning 1-soni 1923-yil 18-fevralda "Turkiston" gazetasiga ilova (3 ming nusxada), 1924-yildan "Qizil O‘zbekiston" nashri sifatida chop etilgan. Jurnalning 1-sonida uning tashkilotchilaridan Abdulla Qodiriyning "Mushtum taʼrifida" degan bosh maqolasi berilgan. Mazkur maqolada Mushtumning yoʻnalishi belgilangan:
Mushtumga turli davrlarda ijod qilgan G‘ozi Yunus, Cho‘lpon, Hoji Muin, Rafiq Mo‘min, G‘afur G‘ulom, Komil Aliyev, Abdulla Qahhor, Nosir Sayd,G‘ayratiy, Sobir Abdulla, Said Ahmad, Anvar Muqimov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon va boshqa ijodkorlar o‘z asarlari bilan ishtirok etgan. Mushtumda chop etilgan ko‘pgina hajviy asarlar adabiyotimizning bebaho durdonalariga aylangan. Masalan G‘. G‘ulomning "Shum bola"si, A.Qahhor, S. Ahmadning eng sara hajviyalari, E.Vohidovning "Donishqishloq hangomalari", A. Oripovning "Jannatga yo‘l" dramasi. Yuzlab tanqidiy maqolalar, felyetonlar jamiyatni turli illatlardan tozalashda Mushtumning asosiy quroli hisoblangan. Halol va oshkora tanqid jamiyat va odamlar uchun haqiqiy malham bo‘lishiga erishish jurnalning bosh mezoni hisoblanadi. Jurnal o‘z faoliyatida turli ijodiy shakllardan, jumladan Nasriddin Afandi, Aldar Koʻsa kabi xalq og‘zaki ijodidagi obrazlardan keng foydalanadi. Uning sahifalarida muhim voqealarga bag‘ishlangan felyeton, pamflet, hajviya, o‘rtoqlik hazillari va boshqa qiziqarli tanqidiy materiallar yoritiladi. Mushtum o‘z karikaturalari bilan ham mashhur. Uning birinchi rassomi Ishtvan Tullya bo‘lgan, keyinchalik jurnalda turli yillarda T.Muhamedov, D. Sinitskiy, M. Vorobeynikov, N.Ibrohimov, A.Xoliqov, S. Subhonov, A.Qambarov, S.Salohiddinov, H.Sodiqov va boshqalar ishladi. Mushtumga G‘ozi Yunus, Ziyo Said, G‘.G‘afurov, Husayn Shams, J. Mahmudov, M. Muhamedov, Akmal Po‘lat, Z.Yo‘ldoshev, Mirmuhsin, Ibrohim Rahim, N. Aminov, Maqsud Qoriyev va boshqalar muharrirlik qilgan. 1998-yil 28-avgustda jurnalning haftalik ilovasi —"Afandi" gazetasi tashkil etilgan. Gazetada davrning dolzarb muammolari, tanqidiy maqolalar ham keng yoritiladi. Hozir Mushtumning bosh muharriri — Ashurali Jo‘rayev(1996-yildan). Adadi 10000 (2003). Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling