Nukus davlat pedagogika instituti


Joshua Xeyns. Orzular amalga oshganda


Download 3.96 Mb.
bet50/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

Joshua Xeyns. Orzular amalga oshganda
Bob istaganlarining barchasiga erishdi. Unda faqat bitta tilak tilash qolgandi.
– Soʻnggi tilakni sal keyinroq tilasam bo‘ladimi? – so‘radi u.
– Sen xojasan. Men esa oddiy jinman.
– Juda soz.
Uyga qaytarkan, Bob o‘zini shunchalar baxtli his etardiki, birgina dimog‘ni chog‘ qiladigan qo‘shiq yetishmasdi, xolos. U eski bir italyan qo‘shig‘ini eslab qoldi.
– Eh, qaniydi, italiyalik baliqchiga aylanib qolsam…
Dik Skin. Million dollarlik bazm
Charli oxirgi chaqasiga lotereya chiptasini sotib oldi va oʻn million dollar yutuq egasiga aylandi. Koʻcha-koʻydagi oshna-ogʻaynilari bilan yutuqni naq ikki hafta “yuvdi” va alal-oqibat ortiqcha yeb qoʻyganidan boʻkib oʻldi.
Hukumat uning millionlarini meros qilib oldi, ammo odamlar uning ismini hamisha yodlarida saqlashadi – u insoniyat tarixida eng katta bazm uyushtirdi, axir.
Ha, darvoqe, uning familiyasi nimaydi?
Shiri Pelemye. Dublyor
– Spektaklni qoldirolmaymiz. Shou davom etishi kerak, – dedi rejissyor pyesaning birinchi pardasi boshlanishidan bir lahza oldin mashhur aktyor behush boʻlib yiqilganda. – Bugun u yulduz, har holda, shunchaki oʻlikning rolini oʻynamaydi-ku.
Dublyor barchaning koʻz oʻngida yuksaldi. Uning ijrosi ilhombaxsh chiqdi. Yangi yulduz yakunlovchi sahnada rolini qoyillatdi.
Dublyor choʻntagidagi shpritsni barmoqlari bilan silab-siypab, olqishlar ostida taʼzim bajo etdi.
Dolores Rup. Soʻnggi nasiba
Uylarga tushishga odatlangan oʻgʻri Billi oʻz ishining betakror lahzalarini yoqtirardi.
Bu tong u devor oshib, binoga kirdi. Barcha qimmatbaho taqinchoqlarni yigʻishtirib olib, mashinasiga eltdi.
Bu payt qorni judayam ochgandi. Oynai jahon qarshisida tamaddi qilish uchun uyga oxirgi marta kirdi. Ovqatlanib boʻlgach, tarrakday qotdi. Xonadon sohiblari kalamushlarni zaharlamoqchi edi.
Tom Ford. Jumboq
– Bugun juda mamnun koʻrinasiz, Vatson.
Kechirasiz-u, Xolms, bu safar jinoyatni ikki dunyoda ham fosh qilolmaysiz.
Xolms oʻrnidan turib, trubkasini joʻshqinlik bilan silkita boshladi.
– Yana xato qilyapsiz, deb qoʻrqaman, Vatson. Missis Vorsingtonni kim oʻldirganini bilaman.
– Juda qiziq! Na guvohlar, na dalil-isbot bor! Xoʻsh, kim qilibdi bu ishni?
– Men, Vatson!

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling