Nukus davlat pedagogika instituti
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHALLIY DOʻKON
SIMYOGʻOCHDAGI EʼLON
“Oyijonimni qidiryapman… Oyim dunyodagi eng goʻzal ayol! Alohida belgilari: koʻzim kasal derdilar – yoshlanib ketaveradi. Shu sabab uxlashga ham qiynalardilar. Keyin bir marta bilaklaridagi tomirlarini kesib olgandilar, shuning izi bor. Oyimni koʻrganlar ularni sogʻinganimni, qidirayotganimni aytinglar. Dadam ham qidiryaptilar. Har kuni topib keldim deydilar, lekin u boshqa oyi boʻladi… Oyijon, qayting! Endi hecham aravachamdan tushib olmayman…” SUNʼIY ONG – Nechta tilni bilasan? – Uchta – IQ darajang qancha? – 116 – Adashmasam, ijod qilishga ham qodirsan, shundaymi? – Albatta. – Ha, men oʻylaganimdan ancha mukammalroq ekansan, odamzot… OPTIMIST – Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qoʻshimcha bogʻichga ega boʻlishimni oʻylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa oʻylamaslikka urinaman… ERK – Allo? – Allo, qalaysan? Toʻyga chiqasanmi? Senga qarab turibmiz-ku! – Ie, ogʻayni, uyga mehmon kelishi kerak. Men… – Eee, mehmon seni koʻrgani kelarmidi? Boʻl, chiqaqol! – Darslarim ham koʻp… – Yarim kunda nimani ham qoyillatib oʻrganarding? Ertaga yetkazib olarsan?! – Boshim ham ogʻriyapti… – Ana, toʻyga chiqsang yozilib ketadi. Boʻl endi! Chiqasanmi oʻzi, yoʻqmi? – Istamayman! – Shunaqa demaysanmi?! Boʻpti, gaplashamiz… XATO – Bizning kasbda xato qilishga haqqimiz yoʻq. Ammo boshqa hamma kasb xato qila-qila oʻrganiladi-ku, toʻgʻrimi? – kuyinib soʻradi sapyor. – Toʻgʻri, – deb javob berdi jarroh… MAHALLIY DOʻKON – Amaki, mana! Shu pulga qancha sigareta keladi? – Hmm, olti quti. Ammo men yosh bolalarga sigareta sotmayman. – Men sotib olmoqchi emasman. Dadam sigareta soʻrab kirsalar, olti safar yoʻq deb ayting! Iltimos… ROBIYa – Ey, Xudoyim, yaqinda tugʻiladigan ukam ham qiz boʻlishini xohlardim. Oʻshanda biz buvijonim bilan birga yashardik… IZHOR – Siz nega meni sevishingizni hech aytmaysiz, dil izhor qilmaysiz? Buni onda-sonda aytib turish shunchalik qiyinmi? – Yaxshi, aytaman. Unda yana koʻp narsalarni aytib yurishimga toʻgʻri keladi: quyosh nur sochadi, yulduzlar kechasi koʻrinadi, qishdan soʻng bahor keladi… HAVAS – Bilasizmi, sizlar dunyodagi eng baxtli kishilarsiz! Odamlar nima deyishsa ham, siz haqingizda qanday oʻyga borishsa ham, eʼtibor bermang. Koʻpchilik oʻzlarining boʻgʻizlarigacha yetgan muammolari sizlarda bitta ham yoʻq ekanini koʻrolmaganlari sabab buni tan olmaydilar. Lekin siz menga ishoning, chunki sizlarga hatto mening ham havasim keladi! Biz orzularimiz ortida yillarni oʻtkazib yuboramiz. Sizlarda esa orzu va uning roʻyobi – bir qadam. Naqadar baxtlisiz! Qaniydi buni men bilayotganchalik bilsangiz… Mayli, dori ichadigan vaqtingiz boʻldi. Faqat bu safar til tagiga yashirishlar boʻlmasin! Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling