Nukus davlat pedagogika instituti
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
Ss harfi bo‘yicha taklif:
Alifbo tugalligini ta’minlash, shuningdek, o‘zlashma so‘z va atamalarni aniq ifodalash maqsadida Cc (s) harfini qabul qilish. YAKUNIY TAKLIFLAR Fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar savodxonligi bo‘yicha muammolar, ko‘chadagi yozuvlar, reklama va targ‘ibot materiallarining savodsizlarcha yozilishi, baynalmilal so‘zlarning kirill va lotin yozuvlarida turlicha ifodalanishi bo‘yicha anglashilmovchiliklar, eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonunining ijro etilishini qiyinlashtirayotgan ba’zi omillar 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi Qonunidagi kamchiliklar bilan bevosita bog‘liq. Joriy alifboni takomillashtirmay turib, o‘zbek tili imlosini talab darajasida ishlab chiqib bo‘lmaydi. Mavjud imlomizda juda ko‘p xatolar bor. Ularni tuzatish uchun alifbodagi muammoli harflarni imkon qadar tez isloh qilishimiz shart. Imlo tuzatilmas ekan, reklama va ko‘cha-ko‘ydagi yozuvlarga talab qo‘yib bo‘lmaydi. Bu esa «Davlat tili to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini sekinlashtiradi. Davlat tili ijrosi haqida qayg‘urar ekanmiz, birinchi navbatda «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini takomillashtirish» bo‘yicha yangi qonun ishlab chiqilishi, so‘ng «O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari» ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlanishi, shular asosida «Reklama to‘g‘risida» va «Firma nomlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari tartibga keltirilishi lozim. Ana shu ishlardan so‘ng «Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratga olinsa, samarali bo‘ladi. 2. Milliy alifbomizdagi mavjud muammolar nafaqat o‘qish-yozish jarayonida qiyinchilik tug‘dirmoqda, shu bilan birga, imloni, grammatikani tekshiruvchi, matnni nutqqa aylantiruvchi va nutqni matnga aylantiruvchi kompyuter dasturiy ta’minotlarining paydo bo‘lishiga ham to‘sqinlik qilmoqda. Ayni paytda Google, Microsoft, Huawei, Samsung, LG va boshqa bir qator yirik texnologik kompaniyalar o‘z dasturiy mahsulotlarini o‘zbekchalashtirayotganini hisobga olsak, alifboni kechiktirmasdan isloh qilishimiz ayni muddao sanaladi. 3. Milliy alifbomiz isloh bo‘lib, qulaylashsa, katta-kichik avlodlarga mansub hamyurtlarimiz, shuningdek, yaqin-olis mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarimiz yagona yozuv atrofida jipslashadi — nuqsonsiz, qulay alifbo xalqimizning birligiga, yakdilligiga xizmat qiladi. 4. Taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab chiqildi. Quyida ushbu alifbo loyihasini e’tiboringizga havola etamiz. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling