Nukus davlat pedagogika instituti


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar


Download 3.96 Mb.
bet70/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Orfografiya va punktuatsiya” fanini o‘qitishda an’anaviy usullar bilan birga noan’anaviy metodlardan (aqliy hujum, klaster, davra stoli kabi interaktiv usullardan, shuningdek, jadvallarga, badiiy asarlardan yoki matbuot materiallaridan to‘plangan kartochkalarga asoslangan kompyuter ishlanmalaridan) foydalanish ham nazarda tutiladi.
Fan modulining dasturi (module syllabus)

Orfografiya va punktuatsiya” fanining


2020/2021 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan
S ILLABUSI



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Nukus davlat pedagogika instituti




Kafedra:

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi




Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:

100 000 – Gumanitar
110 000– Pedagogika

5112400 – o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:

o‘qituvchi
Umida Masharipova

e-mail:



Dars vaqti va joyi:

___bino, __-auditoriya

Kursning davomiyligi:

05.09.2020-03.02.2021

Individual grafik asosida ishlash vaqti:

dushanba, juma kunlari 16.00 dan 18.00 gacha

Fanga ajratilgan
Soatlar 142

Auditoriya soatlari

Seminar 28

Mustaqil ta’lim
62

Ma’ruza:

20

Amaliy

30



Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari):

Mazkur kurs grafika, orfografiya, punktuatsiyadan tashqari, fonetika va fonologiya, orfoepiya, yozuv tarixi, uslubshunoslik, psixolingvistika, pedagogika, estetika kabi fanlar bilan ham aloqada bo‘ladi.
Kursning ma’ruza qismida grafika va imlo muammolari o‘zbek yozuvlari tarixi misolida ko‘rib chiqiladi: imlo qoidalarining mazmuni (masalalar qamrovi, ularning hal etilganlik darajasi, orfografiya prinsiplarining tanlanishi, imlo qoidalari va grafik tizimning pedagogik-metodik, estetik, texnik aspektlari) yoritiladi.
Kursning seminar mashg‘ulotlari qismida savol-javob, suhbat, mashqlar o‘tkaziladi, matbuotdan ixtiyoriy tanlangan matnlarning grafik va imloviy tahlili amalga oshiriladi.

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

“Orfografiyasi va punktuatsiyasi” kursi bo‘yicha tuzilgan mazkur o‘quv dasturi o‘zbek tili va adabiyoti, o’zga tilli guruhlarda o’zbek tili bakalavr ta’lim yo’nalishlari uchun mo‘ljallangandir. Unda quyidagi masalalar qamrab olindi: 1) fanning predmeti, maqsadi va vazifalari; 2) hozirgi o‘zbek adabiy tili shakllanishining ilk bosqichidan bugunga qadar amalga oshirilgan alifbo va imlo islohotlari, bu jarayonda munozara predmeti bo‘lib kelgan masalalar; 3) hozirgi ikkiyozuvlilik (kirill-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlari) sharoitida yuzaga kelayotgan yangi muammolar, ularga munosabat;
4) o‘zbek tili punktuatsiyasi masalalari.

Talabalar uchun talablar



– ikkiyozuvlilikka olib kelgan ijtimoiy-tarixiy omillardan xabardor bo‘lish;
– amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlari grafik tizimlarini farqlay olish;
– amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlari imlo qoidalarini farqlay bilish;
– yozuv amaliyotida har ikkala yozuv qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
– o‘zbek tili punktuatsiyasi, tinish belgilarining qo‘llanilish o‘rinlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
– qoidalardagi munozarali holatlarga ijodiy yondasha bilish.

Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi



Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 18.00 gacha

Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat






Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling