Nukus davlat pedagogika instituti


O‘quv fanining asosiy maqsadi va vazifalari


Download 3.96 Mb.
bet69/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

O‘quv fanining asosiy maqsadi va vazifalari
Kursning maqsadi – hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozuv tizimlarida, xususan, grafikasi va imlosida shu vaqtgacha yuzaga kelgan turli muammolar, munozarali holatlar bilan talabalarni tanishtirish, ularda imlodagi munozarali masalalalarga ijodiy munosabat ko‘nikmalarini shakllantirish.
Vazifalar: a) XX asrning birinchi choragidan (hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishidagi ilk bosqichdan) to XXI asr boshigacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda amalga oshirilgan yozuv islohotlari xususida talabalarga obzor – ma’lumot berish; b) hozirgi ikkiyozuvlilikka olib kelgan ijtimoiy-tarixiy omillarni, amalda qo‘llanib turgan rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlari grafikasini qiyosan o‘rganish; v) bu ikki yozuv grafikasi va imlosidagi o‘ziga xos jihatlarni, munozarali holatlarni aniqlash, shu orqali talabalarni yozuv amaliyotiga tayyorlash.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

– ikkiyozuvlilikka olib kelgan ijtimoiy-tarixiy omillardan xabardor bo‘lish;


– amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlari grafik tizimlarini farqlay olish;
– amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlari imlo qoidalarini farqlay bilish;
– yozuv amaliyotida har ikkala yozuv qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
– o‘zbek tili punktuatsiyasi, tinish belgilarining qo‘llanilish o‘rinlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
– qoidalardagi munozarali holatlarga ijodiy yondasha bilish.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro
bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Mazkur kurs grafika, orfografiya, punktuatsiyadan tashqari, fonetika va fonologiya, orfoepiya, yozuv tarixi, uslubshunoslik, psixolingvistika, pedagogika, estetika kabi fanlar bilan ham aloqada bo‘ladi.


Kursning ma’ruza qismida grafika va imlo muammolari o‘zbek yozuvlari tarixi misolida ko‘rib chiqiladi: imlo qoidalarining mazmuni (masalalar qamrovi, ularning hal etilganlik darajasi, orfografiya prinsiplarining tanlanishi, imlo qoidalari va grafik tizimning pedagogik-metodik, estetik, texnik aspektlari) yoritiladi.
Kursning seminar mashg‘ulotlari qismida savol-javob, suhbat, mashqlar o‘tkaziladi, matbuotdan ixtiyoriy tanlangan matnlarning grafik va imloviy tahlili amalga oshiriladi.



Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling