Nuqta va uning qo’llanishi
UNDOV va uning qo’llanishi
Download 71.71 Kb.
|
Nuqta va uning qo’llanishi
UNDOV va uning qo’llanishi.
Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha lo — undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi: Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi: Bor! Bir emas, bir nechta! Bola-chaqamiz o‘sha yoqda. Lokin, man sizga aytsam, ukajon, O‘zbakistonday yurt dunyoda yo‘q! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 83-bet) Uning xayolida yarqiragan jodu ko‘zlar, soyadek nozik vujud jonlangan edi! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 40-bet) Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi: Menga desa, o‘t qo‘yib yoqib yuborsin! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 79-bet) Bo‘ldi, bo‘ldi, shu yerda to‘xtang! Bu jangnomaning adog‘i yo‘q, bilamiz! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 81-bet) So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng qo‘yiladi: Aya! — Zabarjad zarda bilan xonasiga kiradi. Kiradiyu stoliga ko‘z yugurtirib, beixtiyor chiyillab yuboradi: — Qani?! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 55-bet) Zabarja…ad! Buni qara! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 58-bet) Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng qo‘yiladi: Uzr! Zabarjadxon, vaqtim ziqroq edi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 55-bet) G‘irromlik ham evi bilan-da, o‘rtoq! Yo‘q! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 16-bet) Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida berilishi mumkin: Unda biror ayb sodir bo‘lsa, holi joyda(!) aybini aytib, yumshoqlik bilan nasihat qil. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 137-bet) Yoki, deylik, besh yuz so‘mlik lotoreyaga bir emas, uchta(!) yengil moshina yutgan yigitcha ekranda bor-yo‘g‘i velosipedli bo‘lgandek iljayibgina tursa... kim ishonardi bunga? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 117-bet) Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo‘yiladi: Senda emas alamim... Tavba!!! (X.Do’stmuhammad. “Sen – mensiz, men – sensiz!”, 20-bet) Arzanda kuchugidan yuqibdi-da! («Battar bo‘lsin!!! Qilmishiga yarasha!» deganlar ham topildi, qarang.) His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng: Qish faslida oppoq qor malikasiga aylanishini aytmaysizmi! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 2-bet) E, shunday demaysizmi! Yo tavbangdan ketay, ko‘ngil deganlari alomat narsa bo‘lar ekan-da, a! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 22-bet) Tarkibida emotsionallikni kuchaytiradigan qanday, qanchalik, qanaqa, naqadar, muncha, bunchalik kabi so’zlar mavjud bo’lgan gaplar oxirida: Hayoti zamon dolg‘alaridan chetda, bir tekis, eslagulik kiroyi voqealardan xoli kechgan odam naqadar qashshoq! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 107-bet) Ohanrabongiz bunchalik zo‘r bo‘lmasa! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 123-bet) Tarkibida his-hayajon undovlari mavjud bo’lgan gaplarda emotsionallik yorqin ifodalanadi va bunday gaplar oxirida undov qo’yiladi: Iya, shunday hunar bor-ku o‘zi! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 2-bet) Voy, voy, oldin u kasofatga yaqin borishni ayting! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 13-bet) Undov gaplar sarlavha vazifasida qo’llanganda: “Oq yo’l senga, Hoshimjon” (Said Ahmad. Yo’qotganlarim va topganlarim. – T.: Sharq, 2000.157-bet) “Ey, azobi jon!” (Shuhrat. Tanlangan asarlar. – T.: G’afur G’ulom, 1978. 432-bet) Emotsionallikni kuchaytirish maqsadida bo’laklari odatdagi tartibdan farqli qo’llangan gaplar oxirida: Ko‘ngil mulkiga bir oliy sifatdur, Muhabbat ganji bog‘i ma’rifatdur! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 36-bet) O’-o’, kelganim yaxshi bo‘ldi, bu joylarning go‘zalligi! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 8-bet) Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling