Nuqta va uning qo’llanishi


NUQTALI VERGUL VA UNING QO’LLANISHI


Download 71.71 Kb.
bet10/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

NUQTALI VERGUL VA UNING QO’LLANISHI.
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yiIdan boshlab uchraydi. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi;

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda:

  • Chinor tanasiga qoziq qoqilib, ilgichdan o‘tkazilgan kiyim-kechak shunga osib qo‘yilgan; orasida guldor galstuk ham ko‘rinadi. (28-bet)

  • Xontaxta ustida dasturxon tuzalgan; bir chetda arag‘u konyak ham terilib turibdi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 85-bet)

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda:

  • Voqean, uning bog‘bonligi o‘sha adabiyotga muhabbatining chambarchas bir bo‘lagi edi; bu boqqa, bog‘bonlikka ham adabiyot orqali kelgan. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 81-bet)

  • Jonivorning padari betayin; tayini bo‘lganda ham bir tajangning o‘shqirig‘ini tushunarmidi, parvo qilarmidi! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 20-bet)



  1. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin:

  • Bir ma’romda umr o’taverarkan: bahor , yoz, kuz, qishning o’z vaqtida kelishi; yomg’ir, qor va do’lning bulutsiz yog’masligi; shamolning esishi, gullarning ochilishi – hammasida tartib bormasmi? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 79-bet)

  1. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida:

  • Qo'llanilishi chegaralanmagan leksema barcha so'z turkumida mavjud:

— fe’l: [ishlamoq], [kelmoq], [olmoq], [ko'rsatmoq], [buyurmoq], [ saylamoq];
— ot: [ota], [ona], [non], [suv], [stol], [eshik], [tog'], [yer], [shamol], [radio];
— sifat: [shirin], [achchiq[, [qizil], [ko'k], [katta], [xunuk], [go'zal];
— son: [bir], [o'n], [yuz], [ming];
— ravish: [hamisha], [b a ’zan], [ataylab], [hozir], [ilgari];
— olmosh: [kim], [nima], [qanday], [nima qilmoq], [qancha], [shu], [biz], [hamma];
— so'z-gap: [xo'p], [mayli], [rahmat];
— ko'makchi: [uchun], | bilan], [singarij;
— bog'lovchi: [ham], [va], [bilan], [ammo];
— yuklama: [faqat], [xuddi], [hatto]. (Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 78-bet )
Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling