Nuqta va uning qo’llanishi


Download 71.71 Kb.
bet1/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

O’zbek tilida tinish belgilari nutq bo’laklarining grammatik munosabatlariga, nutqning mazmuniga, nutq ohangiga, yozuvchining xohishiga ko’ra va emotsionallikni oshirish uchun qo’yiladi.


Biz ushbu mustaqil ishimizda tinish belgilarining badiiy va ilmiy-ommabop matnlarda qo’llanish o’rinlariga diqqat qildik.
NUQTA VA UNING QO’LLANISHI.
Nuqta eng qadimgi va eng ko’p qo’llanuvchi tinish belgilaridan biri bo’lib, u o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan. Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Tugallangan darak gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi:

  • Kishining hayotiga bir darz ketsa, keyin uni yamab olish qiyin bo‘lar ekan-da. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 67-bet)

  • U o‘rtamiyonagina yozuvchi edi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 1-bet)

  1. Darak mazmunidagi gaplar tuzilishi jihatidan qanday bo’lishidan (sodda, qo’shma, to’liqsiz, atov, ilova va sh.k.) qat’i nazar, ularning har qanday tipi oxiriga nuqta qo’yiladi.

  • Saratonning oxirlari. Sahar chog‘i. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 24-bet)

  • Bozorliq ko‘targan birov-yarimi shularning yonida tin olib, bir dam nafas ham rostlaydi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 26-bet)

  1. Agar alohida emotsionallikka ega bo’lmasa, buyruq garlar oxiriga nuqta qo’yiladi:

  • Lozim topsangiz, kelib turing. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 57-bet)

  • Siz aralashmang, bahuzur damni olavering. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 76-bet)

  1. Ismi, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng:

  • «Biz» deganimiz— biz, E.Safarning ta’biricha, «mana shu xalqning bir bo‘lagi». (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 14-bet)

  1. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin:

  • Oxirgi safar siz oraga tushmaganingiz-da, turmada chirib ketardim. Ammo-lekin, hamma ishning qonun-qoidasi bor, o‘zingiz bilasiz-ku! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 28-bet)

  • Biz bilgan dunyo shunday edi. Chunki biz dunyodan bexabar edik. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 109-bet)

  1. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta ishlatilishi mumkin (tanlangan asarimizda mazkur qoidaga muvofiq keluvchi misol uchramadi. Shuning uchun ilmiy matnlardan misol topildi):

  • Ikkinchi bosqich tasniflashdaI tur qo‘shma gapshakllar qismlari orasidagi teng−noteng aloqa asosida yana ikkiga ajratiladi:

1. Teng qismli qo‘shma gapshakllar.
2. Noteng qismli qo‘shma gapshakllar. (Rahmatullayev Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Darslik. – T.: Universitet. 2001)


  1. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi (tanlangan asarimizda mazkur qoidaga muvofiq keluvchi misol uchramadi. Shuning uchun ilmiy matnlardan misol topildi):

  • 6·9=54

  • 46·9=414

  1. Dramatik asarlarda qavs ichida berilgan remarkalardan so’ng:

  • D o m l a (yaqinlasharkan). O‘h-o‘, jamoat jam-ku! Chiqib o‘tirmaysizlarmi? (Melisga ko‘zi tushib, Jiydaliyga yuzlanadi.) Rahmatulloh inim!

Jiydaliy (qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib o‘rnidan turadi). Labbay, domullojon!

  • D o m l a. Farzandlardan nechov edi?

  • Jiydaliy (hozirjavoblik bilan). Uchovgina, domullojon. Uchovi ham o‘g‘il. Sizga aytib edim chog‘i. (Erkin A’zam. Vasvasa. Kinoqissa. 85-bet)

  1. Dramatik asarlarda, dialoglarda qahramon ismidan so’ng uning nutqi berilsa:

  • D o m l a. Umrlarini bersin! Qaysi biri o‘zingizga o‘xshaydi? Xo‘sh?

  • Jiydaliy (o‘ylanib, kulimsirab). Birining ko‘zi o‘xshaydi, domullojon, birining— so‘zi, birining qilig‘i...

  • D o m l a. Hech bir joyi o‘xshamasa, unday o‘g‘ilni nima qilardingiz?

  • Jiydaliy (dovdirabroq). Hech joyi o‘xshamasa... unda bizniki bo‘lmaydi-da, domullo!

  • D o m l a. Otangizga rahmat, Rahmatulloh! (Melisga barmoq nuqib.) Bundan chiqadiki, manna shu yarimyalang‘och o‘tirgan behayo ukangiz bizga farzand emas ekan!..

  • X o n i m (chiyillab). Voy-voy!..

  • Jiydaliy. Ibi, domullo, asta’furulloh desangiz-chi! (Erkin A’zam. Vasvasa. Kinoqissa. 85-bet)



Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling