Nuqta va uning qo’llanishi


QO‘SHTIRNOQ VA UNING QO’LLANISHI


Download 71.71 Kb.
bet8/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

QO‘SHTIRNOQ VA UNING QO’LLANISHI.
Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. Barsov kiritgan. O‘zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi:

  • O‘sha anjumanda qatnashgan oddiy bir tomoshabinning gapi esda qoldi: «Asar ham qiziqarli, tomoshabop bo‘lsa, ham bama’ni, ibratli bo‘lsa!» (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 113-bet)

  • Bizningcha, bilib-bilmay, xulosani boyagi janjalkash da’vogar aytib qo‘ydi: «Bunday hay’atni tarqatib yuborish kerak!» (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 125-bet)

  1. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida yoziladi:

  • Ustoz Asqad Muxtor bilib aytgan: «Baxt— boylikda, desangiz, hamma— baxtsiz. Chunki aqlliga ko‘p narsa kerak emas, axmoq esa baribir to‘ymaydi». (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 104-bet)

  • Qolaversa, hazrat Navoiy achchiq aralash aytganlaridek, «ipak qurtichalik himmating yo‘qmu?» (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 110-bet)

  1. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi:

  • «Bosh usta»ning surbetlarcha pisandasiga ko‘ra, bu ishga yarim«ko‘ba» asil taxta, olti kilocha nemis bo‘yog‘i sarflanganmish. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 16-bet)

  • Tushunadigan, parvo qilishi mumkin bo‘lgan«dodasi» esa onda-sonda keladi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 20-bet)

  1. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida beriladi:

  • Darvoqe, bu ko‘hna zotni biz «Erkak» filmida ham uchratganmiz. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 25-bet)

  • Darvozaxona tarafdan yana«Oq kaptar» ko‘shig‘i yangrayotir. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 74-bet)

  1. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi :

  • Mashhur “Kennedi” aeroporti shu ekan-da, (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 136-bet)

  • Biz “Kravn” mehmonxonasining naq 33-qavatiga joylashibmiz. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 138- bet)

  1. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi:

  • Uning xotini yaqinda “Qahramon ona” bo’ldi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 55-bet)

  1. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo‘shtirnoq ichida beriladi:

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari tog’risida”gi qarori. (“Hurriyat” gazetasidan)


Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling