Nuqta va uning qo’llanishi


TIRE VA UNING QO’LLANISHI


Download 71.71 Kb.
bet7/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

TIRE VA UNING QO’LLANISHI.
Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan. Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Dialoglardagi har bir gapning boshida:

  • Endi-endi namozning mashqini olayotgan oqsoqol tutila-tutila peshinlikni o‘qib dahlizga chiqqanida, «ta’til kunlari buvisiga yordamga kelgan» qiz nevarasi burchakda turgan telefon go‘shagini tutqazdi:

— Anuv, dotsent amaki.
—Ha domla, yana nima gap? — dedi oqsoqol go‘shakni qulog‘iga tutarkan, ensasi qotibroq. Nima gapligini eshitib bilgach esa, so‘radi: — Bu pismiqi shart kimdan chikdi o‘zi?
—Aytsam, ishonmaysiz— qo‘shniginamdan! — dedi dotsent allanechuk badxohlik bilan.
—Kesakdan— o‘t deng? U kishimga nima ekan? Yo savdogar bilan biron oldi-berdisi bormi?
Unisini bilmadim, oqsoqol, lekin dotsentlikka o‘tolmay alamzada bo‘lib yurgani aniq. «Publikatsiyam yetmay qoldi», deydi-yu, aslida buningizning kavushi to‘g‘rilab qo‘yilgan!
—Anovi olibsotar nima qilmoqchi ekan, xabaringiz yo‘qmi?
—Hali eshikda turgan edim, «Damas»ini g‘izillatib shaharga jo‘nadi. Do‘kon-po‘konida bir kor-hol ro‘y bergan ko‘rinadi.
— Besh qo‘lingni og‘zingga tiqmay o‘l deng!
—Bu yog‘i endi o‘zingizga qoldi, oqsoqol, — dedi xabarkash ruhlantiruvchi ohangda. — Bo‘shashmaysiz! Biron chorasini topish kerak, ha! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 18-bet)

  1. Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida:

  • Vergul— gap hali davom etadi degani. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 12-bet)

  • Kenja o‘g‘limning oti— Ulug‘bek. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 13-bet)

  1. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida:

  • “Bog‘i Eram-da bu! Giyohigacha o‘zim o‘tqazib, o‘zim katta qilganman!” — dedi rais raisona bir viqor bilan. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 5-bet)

  • “Amaki, vergul zo‘rmi, nuqtami?” — deb so‘raydi bo‘lajak adib yozuvidan bosh ko‘tarib. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 11-bet)

  1. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:

  • Vosil amaki ta’riflaganidan ham ziyoda: gilamlardan tortib qandilgacha, divandan tortib stol-stullargacha— hammaginasi asl, noyob, bu yaqin yurtlarning mol-matohi emas. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 56-bet)

  • E, Lola ham, Rayhonu Binafsha, Ra’noyu Nargis, Nilufaru Jasmingacha— hamma-hammasi endi seniki, Sur’atbek! Ishonaver! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 67-bet)



  1. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida:

  • Nutqda eng ko‘p va bog‘lovchisi ishlatilib, uyushiq qator bilan ifodalangan sintaktik bo‘lak a'zolarini bog‘laydi:

– sifatlovchida: o‘tkinchi va nohalol bir narsa (Odil Yoqubov); boshlang‘ich va o‘rta tahsil(Abdulla Qahhor) kabi;
– to‘ldiruvchida: o‘zida g‘ayrat va qanoat seza boshladi (Asqad Muxtor); Saidiyni beboshlik, yalqovlik va buzilishda ayblab.(Abdulla Qahhor) kabi;
– hollovchida: Bo‘tana Amu bo‘g‘iq va sirli shovullay boshladi (Asqad Muxtor); U boshini shunday tez va kutilmagan vaqtda burdiki...(Abdulla Qahhor) kabi;
– egada: Komil va aka − uka Ziyodulla bilan Ibodulla otlarni.. yo‘lakka boshladilar (Hamid G‘ulom) kabi;

  • kesimda: yo‘lovchi qayiqqa sakrab chiqdi va eshkaklarni esha boshladi (Hamid G‘ulom). Saidiy o‘ng‘aysizlanar va Kenjaning aftini ko‘rib, biron mojaro boshlanishidan qo‘rqar edi (Abdulla Qahhor). (Rahmatullayev Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Darslik. –T.: Universitet, 2008, 130-bet)



  1. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida:

  • Loaqal o‘zi o‘tqazgan bir og‘ochchalik — yog‘ochchalik ham bo‘lolmasa-ya odamzod?! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 11-bet)

  • Havo mayin, muloyim, shoir aytganidek— «u endi yondirmas, yaltirar faqat». (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 11-bet)

  1. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida:

  • Bu fikrlar to‘qson yil muqaddam bayon etilgan – ayrim jihatlaridan bugun aytilayotganga o‘xshaydi, shunday emasmi? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 9-bet)

  • Qobil qizni sevardi – Hobilga bermoqchi bo‘ldilar. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 25-bet)

  1. Qiyoslash mazmunidagi bog’lovchisiz qo’shma gaplarda:

  • Buning uchun uzoqqa bormoq yo bosh qotirmoq hojati yo‘q— o‘z umrini bir sidra eslasa, bog‘idagi daraxtlarni inchiklabroq nazardan o‘tkazsa, kifoya. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 11-bet)

  1. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi:

  • Bu vaqtga kelib u— bir chekkasi azbaroyi kamxarjlik, undan ham burunroq kashandalik yo‘tali sabab — sigaretdan voz kechib, nos otishga o‘tgan; iyagiga bir tutamgina soqol ham qo‘yib olgan, tepa sochining barakasi ketib, boshiga kalampirnusxa do‘ppi bostirib yurar edi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 7-bet)

  • U kelgunicha— besh-o‘n daqiqa ichida— ayol ayvonchadagi po‘panak bosib ketgan idish-tovog‘ini chinnidek qilib qo‘yibdi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 11-bet)

  1. Nashr, kitobot ishlarida:

  • Haqqulov I. She’riyat – ruhiy munosabat. –T.:Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989.

  • Mirzayev S, Shermuxammedov S. Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi. –Toshkent: O‘zbekiston, 1993 yil.


Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling