Nuqta va uning qo’llanishi


VERGUL VA UNING QO’LLANISHI


Download 71.71 Kb.
bet2/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

VERGUL VA UNING QO’LLANISHI.
Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila boshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan quyidagi o‘rinlarda foydalaniladi:

  1. Gapda bog’lovchisiz, tenglanish intonatsiyasi bilan bog’langan uyushiq bo‘laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi:

  • Darvishlar bizning nazarimizda gadolardir, yirtiq-yamoq kiyuvchi, isqirt yuruvchi ishyoqmas bir shaxsdir. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 43-bet)

  • Holbuki tarix Qodiriya, Suhravardiya, Kubraviya, Bektoshiya, Mavlaviya, Qalandariya... kabi ko‘plab tariqatlarning faoliyatiga guvoh bo‘lgan. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 44-bet)

  1. Zidlovchi teng bog’lovchilar vositasida bog’langan uyushiq bo’laklar ishtirok etgan gaplardamazkur bog’lovchilardan oldin vergul qo’yiladi:

  • Mening xatolar, gunohlarim yo‘q emas, lekin kasbim mumtoz falsafa ekanligi meni qutqargan, yuragimda men ham xudodan qaytmaganman. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 81-bet)

  • To‘g‘ri, so‘nggi yillar o‘ziga yaqin besh-o‘n kishi bilan Hasan goh-goh sahro ichkarisiga yo‘l olishar, tulkimi, quyonmi otishar, ammo bu ovdan ko‘ra ko‘proq qumga chiqib dam olish niyatida amalga oshirilar edi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 85-bet)

  1. Takror qo’llanuvchi teng bog’lovchi yoki bog’lovchi vazifasidagi birliklar vositasida bog’langan uyushiq bo’laklar vergul bilan ajratiladi:

  • Goh qumli yalang dasht, goh qum tepaliklarini oralagan so‘qmoqlardan o‘tib, to‘xtamay borishardi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 92-bet)

  • Na haqoratga chidadi, na himmatga qaradi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 5-bet)

  1. Undalmalar vergul bilan ajratiladi:

  • A, domla, nima dedingiz? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 6-bet)

  • Iya, Qodirboy, bosh og‘riyaptimi deyman ! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 25-bet)



  1. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng:

  • Xayr-ehson qilganga ham, uni vijdonan tarqatib berganlarga ham ming tashakkur, albatta, lekin bu tarzda namoyish etmoq shartmidi, degan andishalarga bordik. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 114-bet)

  • Ehtimol, boshqa usullar bilan ham ko‘nglini topgandir... (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 125-bet)

  1. Tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘z-gaplardan keyin kelgan bo‘laklarni ulardan ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi:

  • Ha, darvoqe, akaxonning sizga boshqa bir topshirig‘iyam bor. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 10-bet)

  • Yo‘q, bunday xulosaga bormaslik kerak. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 4-bet)

  1. Ajratilgan bo‘laklar orasida:

  • Bugun endi nimadan, nimasidan qo‘rqish kerak ekan? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 95-bet)

  • Bir yildan bu yog‘iga, o‘sha Amerikaga ketish vasvasasi boshlanganidan beri o‘ylayman. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 98-bet)

  1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida:

  • Yaxshi yozuvchi edi, ko‘p bama’ni asarlar yozgan. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 120-bet)

  • Orzum shu edi, mana, yetdim. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 45-bet)

  1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi:

  • Sizning qistovingiz bilan ko‘nishga ko‘ndim-u, lekin o‘sha kundan beri o‘zimga kelolmayman, to‘g‘risi! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 89-bet)

  • Podsho, eshak, afandilar zamoni-ku o‘tgan, biroq huda-behuda maktov, ko‘tar-ko‘tar, silliq xushomadlar qolgan. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 120-bet)

  1. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so‘ng vergul ishlatiladi:

  • E, operatsiya payti o‘qni olayotganda bir tomiriga tegib ketganmi... Kuzda Moskvaga olib bormoqchiman. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 62-bet)

  • Hey, xonpatir esingdan chiqmasin! Qip-qizil, singib pishganidan ol. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 66-bet)

  1. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi:

  • “Siz tengi, siz tengi shekilli”, — deydi Zabarjad xunobi oshib. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 51-bet)

  • “Olib anovi pulga qo‘shib qo‘ydim, qizim. Moskva uchun”, — deydi orqasidan kelgan Vazira opa aybdorona ohangda. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 55-bet)

  1. Ravishdosh o’ramli gaplarda ulardan so’ng vergul qo’yiladi:

  • Dilya moshinasini shiddat bilan orqaga surib, katta yo‘lga soladi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 48-bet)

  • Zabarjad indamay joyiga o‘tib, xalati cho‘ntagidan ruchka oladi-da, bir varaq qog‘ozga allanima yoza boshlaydi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 49-bet)

  1. Takror gaplar va takror bo’laklar orasida qo’yiladi:

  • – Mayli, mayli, boraqol, — deydi Dilya birdan"motami" arib, boyagidek sovuq, o‘ktam qiyofaga kirarkan. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 48-bet)

  1. Gapda qani, nima, xo’sh kabi so’zlar gap bo’laklari bilan Grammatik aloqaga kirishmagan holda turli ma’no nozikliklarini ifodalashga xizmat qilib, asosiy gapning boshida kelganda undan keyin, o’rtasida kelganda ikki tomonidan, oxirida kelganda undan oldin vergul qo’yiladi:

  • Shoir-shoir deysiz, nima, anaqaga o‘xshaymanmi?! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 19-bet)

  • Mana, bugun toqqa hashar tugul, to‘rt-besh tangadan to‘plab beramiz deng, qani, necha pul yig‘ilarkan? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 33-bet)

  1. Gapda –gan qo’shimchasi bilan yasalgan va o’rin-payt kelishigining qo’shimchasini olgan sifatdoshlar o’ziga tobe so’zlar bilan kengayib kelganda, ulardan keyin vergul qo’yiladi:

  • Shu mahal kutilmaganda, buzuq yotgan telefon cho‘zib-cho‘zib jiringlaydi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 87-bet)

  • Urganchni yog‘iy bosganda, «Shayx oyoq ostida qolmasunlar, o‘g‘lon va ushoqlari birlan qal’adan chiqib ketsunlar, degan taklif bo‘ldi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 111-bet)



Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling