Nuqta va uning qo’llanishi
SO’ROQ VA UNING QO’LLANISHI
Download 71.71 Kb.
|
Nuqta va uning qo’llanishi
SO’ROQ VA UNING QO’LLANISHI.
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshl agan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan. So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: So‘roq gaplarning oxirida: Nima, u yoqda, Amerikada deyman-da, uy-joy yo‘qmi? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 83-bet) Voqean, domullomizning o‘zlariyam Jiydalidanbo‘ladilar, bilasiz-a? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 85-bet) Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi. «Toping!» ma’nosida: Ba’zi olimlar malika To‘maris Amudaryodan Kaspiy dengizigacha bo‘lgan ulkan mintaqada (?) “ko‘chmanchi” massaget-sak xalqi hukmroni bo‘lgan, deb yozadi. (Oxunjon Safarov, Ahmad Jumaev. “To‘marisning vatani qayer?” “Tafakkur” jurnali 2005 yil 4-son) Matematikada topilsin degan ma’noni bildiradi: 2a+9x=? So’roq mazmunidagi so’roq so’zlar sarlavhaga ko’tarilganda: “Tangan yo’g’ini qayoqdan bilding?” (Shuhrat. Tanlangan asarlar. – T.: G’afur G’ulom, 1978. 363-bet) “Qandim qani?!” (Shuhrat. Tanlangan asarlar. – T.: G’afur G’ulom, 1978. 479-bet) Ritorik so’roq gaplarda: Yengil tun shamolida qum dengiz mavjlaridek chayqalmoqda edi. Bu— tushmi, xayolmi, tasavvurmi? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 35-bet) Lekin insoniyatning ezgulik istagan, bu yo‘lga kirgan farzandlaridan qay biriga hayotda oson kechgan? (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 38-bet) Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling