Nuqta va uning qo’llanishi


IKKI NUQTA VA UNING QO’LLANISHI


Download 71.71 Kb.
bet9/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

IKKI NUQTA VA UNING QO’LLANISHI.
Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng:

  • Ajab zamon bo‘ldi-da: olimi chetda qolib, zolimlari olimlik da’vosi bilan chiqa boshladi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 6-bet)

  • Ertalab turib bir azobda eshik-derazasini mahkamladi, keyin qo‘lida ul-bul solingan yelimxalta, darvozasi oldida g‘ujanak bo‘lib yo‘l poylamoqqa tushdi: zora biron moshina o‘tib qolsa! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 10-bet)

  1. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng:

  • Bo‘lim mudiri ham bir gapni takrorlagani takrorlagan: «Odam qiling! Odam qilasiz, tamom!» (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 3-bet)

  • U yoq-bu yoqni ko‘rsatib: «Qalay, ma’qulmi? »— deb so‘radi. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 5-bet)

  1. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin:

  • Yozuvchining ishi tayin: mavzu qidirish, qog’oz qoralash, ilhomni chorlash…( Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 13-bet)

  • Boz ustiga, «soqov» moshinkada ko‘chirilgan bu dardisarni poytaxtga qatnab o‘qigan o‘sha yerlik bir adabiyot muallimi o‘zicha tuzatmoqchi bo‘lib battar rasvo qilgan ekan— xuddi a’lochi o‘kuvchining«to‘ppa-to‘g‘ri» yozilgan inshosiga o‘xshaydi: «borgan edi», «kelgan edi», «aytgan edi». (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 3-bet)

  1. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin:

  • Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. ”Akademiya nashriyoti” . T.: 2007 yil.

  • Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. (fan nomi)

  1. Hisob-kitob ishida bo‘luv alomati sanaladi:

  • 60:2=?

  • 63:9=?


Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling