Nuqta va uning qo’llanishi


KO‘P NUQTA VA UNING QO’LLANISHI


Download 71.71 Kb.
bet6/10
Sana15.02.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1201634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nuqta va uning qo’llanishi

KO‘P NUQTA VA UNING QO’LLANISHI.
Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. 1876-yildan e’tiboran «Turkiston viloyatining gazeti» da muntazam qo‘llangan.
Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida:

  • Yosh bo‘lsang- hali aqling kirmabdi, qari kishi esa bu xil so‘zlarni o‘zining xazon faslida aytishi yarashmaydi... (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 29-bet)

  • Iztirob bilan ko‘p-ko‘p duolar qildi va nihoyat Alloh uning duosini qabul etdi... (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 31-bet)

  1. So‘zlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun:

  • So‘ng esa shaharga... So‘ng esa darvishlar boshqa manzillarga ketadilar. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 43-bet)

  • Ammo... Qani edi, hayotda shu«ammo» bo‘lmasa... (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 55-bet)

  1. Matn (jumla) qisqartirilsa:

  • Demak, musofirning qizi ham... Ha-da, nozikroq joyidan qopgan ekan uning, qirq kun qornidan ukol olib yotarmish-ku! (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 22-bet)

  • Dadam ishonmaydimi, qo‘rqmaydimi... (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 80-bet)

  1. Fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa:

  • Marat bobo m…m…men... men uchun jonini berdi!



  1. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa:

  • — Kechirasiz. Siz kim, qaerdansiz?

— O‘zbekistondan. O‘zbek, — dedi Ibrohim.
— Sayohatga kelganmidingiz?
—…
—Tushunarli…
— Yo‘q. Sargardonlik, — ochig‘ini aytdi Ibrohim.(33-bet)

  1. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida:

  • Men-ku, borman. O‘zlari... Oftob qayoqdan chiqdi?(85-bet)

— Allo. Menga Ibrohim aka kerak!
— Qanaqa Ibrohim?! Adashdingiz.
— Allo. Menga Ibrohim...
— Dunyoda Ibrohimdan ko‘pi bormi?! Qiziq odam ekansiz.
— Allo. Menga...
— Qo‘ysangiz-chi! Boshqa ishingiz yo‘q shekilli, singlim.
— Allo...

  1. Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin:

  • Yomon... yomon... ulardan nafratlanish kerak. (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 3-bet)



  • Erini hurmat qilmaydi, huda-behudaga janjal chiqaradi, rashk qiladi... qaynonasini mensimaydi, aytgan ishlarini vaqtida bajarmaydi, eriga yomonlaydi... (Erkin A’zamov. “Jannat o’zi qaydadir?!”. 96-bet)

6.8. Sarlavha vazifasida qo’llangan gaplardan keyin mazmun taqazosiga ko’ra:

  • “Insonliging ulug’…” (Shuhrat. Tanlangan asarlar. – T.: G’afur G’ulom, 1978. 285-bet)


Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling