Nuqtaning murakkab harakati


Qattiq jismni qo’zg’almas П tekislikka parallel bo’lgan О


Download 0.58 Mb.
bet14/20
Sana15.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1007788
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Nuqtaning murakkab harakati

Qattiq jismni qo’zg’almas П tekislikka parallel bo’lgan Оху tekislik bilan kesamiz. Kesimda S qirqim hosil bo'ladi. Kelgusida S qirqimni tekis shakl deb ataymiz. Tekis parallel harakat ta‘rifiga ko'ra, jismning harakati davomida bu S tekis shakl qo'zg’almas П tekislikka parallel bo'lgan Оху tekisligida harakatlanadi. S tekis shaklga perpendikulyar ММ1 kesma, jism harakati davomida doimo o'z–o'ziga parallel ko'chadi, demak kesma ilgarilanma harakat qiladi. Shunday qilib, qattiq jismning tekis parallel harakatini o'rganish uchun jismda П qo'zg’almas tekislikka parallel bo'lgan S tekis shaklning Оху tekisligidagi harakatini bilish kifoya.
S tekis shaklning Оху tekislikdagi holati tekis shaklda o'tkazilgan qandaydir АВ kesmaning holati bilan aniqlanadi (14 - rasm).
O'z navbatida АВ kesmaning holati A nuqtani хА, уА koordinatalari va АВ kesmaning х o’qi bilan tashkil qilgan burchak yordamida aniqlash mumkin. S tekis shaklning holatini aniqlash uchun tanlangan A nuqtani bundan keyin qutb deb ataymiz. Tekis shakl harakatlanganda хА, уА koordinatalar va burchak t vaqtga bog’liq ravishda o’zgaradi.
(43)
Harakat qonunini aniqlovchi (43) tenglamalar tekis shaklning harakat tenglamalari yoki bo’lmasa, qattiq jismning tekis parallel harakat tenglamalari deyiladi.
(43) tengliklarning birinchi ikkitasi, bo’lganda tekis shaklning harakat tenglamasini ifodalaydi. Bu harakat ilgarilanma harakat bo’lib hisoblanadi. Uchinchi tenglama хА=const, уА=const bo’lganda tekis shaklning A qutb atrofidagi aylanma harakatini ifodalaydi.
Yuqoridagilardan shu narsani bilib olish mumkinki, tekis shakl o’z tekisligida qiladigan tekis parallel harakati uning barcha nuqtalari xuddi qutb kabi harakat qiluvchi ilgarilanma va qutb atrofidagi aylanma harakatlarning yig’indisidan iborat ekan.

Tekis parallel harakatning asosiy kinematik harakteristikalari, qutbning tezlik va tezlanishiga teng bo’lgan ilgarilanma harakat tezligi va tezlanishi va qutb atrofida aylanishi natijasida olgan burchak tezlik va burchak tezlanishlar bo’lib hisoblandi. Vaqtning istalgan t payti uchun harakteristikalarning qiymatlari (43) tenglamalardan foydalanib topiladi.

Harakatni o’rganishda qutb deb tekis shaklning istalgan nuqtasini olish mumkin. Qutb deb A nuqtani emas, tekis shaklning qandaydir С nuqtasini olaylik. СD kesmaning holati СD ning Ох o’q bilan hosil qilgan burchak orqali aniqlanadi (15 – rasm).
Bunday holda ilgarilanma harakatni harakterlovchi kattaliklar o’zgaradi, ya‘ni va (shunday bo’lmasa tekis shaklning harakati ilgarilanma harakatdan iborat bo’lar edi). Aylanma harakatning kinematik harakteristikalari ya‘ni va lar o’zgarmasdan qoladi. Haqiqatdan ham С nuqtadan АВ parallel kesmani o’tkazamiz, vaqtning istalgan payti uchun
(44)

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling