Nuraliyeva xafiza otaevna
Botulizm (Klostridium botulinum)
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Botulizm (Klostridium botulinum)
Botulizm lotin tilidan – botulis so‗zidan olinib, kolbasa ma‘nosini anglatadi. Sababi kasallikning kelib chiqishi ko‗pincha kolbasa iste‘mol qilish natijasida paydo bo‗ladi. Botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya - Kl. Botulinum 1896 yilda Gollandiyalik cho‗chqa go‗shtidan qilingan kolbasani ist‘emol qilish natijasida kasallikning og‗ir turi keng tarqalgan vaqtda E.Van Ermengem tomonidan kashf etilgan. Botulizm-klostridium botulini toksini tushgan ovqatni iste‘mol qilish natijasida bo‗ladigan og‗ir, o‗tkir kasallik. Klostridium botilunimning oltita tiplari ma‘lum (A, V, S, D e, G). Ularning hammasi kishilarda kasallik qo‗zg‗atishi mumkin va har bir tipning toksini faqat xudi shu tipga chiqargan zardob bilan neytrallanadi. Botulizmni qo‗zg‗atuvchi-aniq anaerob u havo kirmagan joyda ko‗payadi, ya‘ni baliq, yog‗li cho‗chka go‗shtida, kolbasaning katta bo‗laklari ichida yoki germetik berk konserva va bankalarida hosil bo‗ladi. Klinikasi. Botulizm belgilari organizmga tushgan mikrob toksinlariga ko‗ra 2 soatdan 36 soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki alomatlari-«Ko‗z simptomlari» buyumlarning qo‗shaloq bo‗lib ko‗rinishi, ravshan ko‗rishning pasayishi. Bemorlarning boshi og‗riydi, tovushlar butunlay chiqmay qolishi mumkin (afoniya). Ko‗z qorachig‗larining yorug‗likni sezishi susayadi, akkamodatsiya pasaygan, ko‗z soqqalarining o‗ynab turishi (nistagim), katta kichikligi har xil (anizokoriya). Yuz muskulaturasining harakatchanligi zarar ko‗radi, mimika hatto yo‗qoladi ham (amimiya). Og‗zini ochish qiyinlashadi, yutish harakati buzuladi. Tana harorati me‘yorda, puls tez 40 uradi. Kasalikning oxirgi davrida nafasning buzulishi asosiy siptom hisoblanadi. Botulizmda spetsifik zardob o‗z vaqtida yuborilmagan hollarda o‗lim hodisasi 70% gacha etadi. Profilaktikasi. Dudlangan mahsulotlarni (baliqni) tayyorlash uchun baliqni sovutish asosiy shart hisoblanadi. Baliq zavodlarida dudlangan mahsulotlar tayyorlash uchun baliqlarni tiriklayin shikastlamasdan qabul qilish tavsiya etiladi. Konserva sanoatida ham konservalarning sterilizatsiya qilish rejimini puxta nazorat qilish kerak. Anaerob sharoitlarida va tegishli temperaturaning yuzaga kelishi toksin bo‗lishi uchun sharoitlar yaratadi. Bomboj belgilari bo‗lgan konservalarni savdo tarmog‗iga chiqarish man etiladi. Davosi: botulizmga qarshi antitoksin zardobi yuborilishi kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling